Konstitusiyaviy qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat, FA Navoiy bo‘limi raisi A.Mirzayev Konstitusiyaviy Qonun loyihasini tayyorlash doirasida milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajriba – 100 dan ortiq mamlakat Konstitusiyalari, ulardan 20 tasi so‘nggi 5 yilda qabul qilingan tajribalarni inobatga olinganini hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati yana 10 kunga, ya'ni 2022 yilning 15 iyulgacha uzaytirilganini ta'kidlab o‘tdi.

Davra suhbati qatnashchilari Konstitusiyada har kim davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma'lumot olishga haqli ekanligi, Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega ekanligi, davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashishi hamda ilmiy va texnikaviy ijod erkinligidan tashqari, badiiy ijod erkinligi berilishi hamda madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi kabi masalalarga ham alohida e'tibor qaratib batafsil ma’lumot berdilar.

FA Navoiy bo’limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!