Biz haqimizda
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo’limi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyun «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo’limi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3059-sonli qaror asosida tashkil etilgan.
Bo’limning asosiy vazifalari va faoliyati yunalishlari etib quydagilar belgilangan:
-
Navoiy viloyatining sanoat va qishloq xo’jaligini tarmoqlari xolatining tizimli taxlilini olib borish, muommoli masalalarni aniqlash va ularning samarali yechimini izlash uchun ustuvor ilmiy yo’nalishlarni belgilash;
-
Xududning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlanishi, energo va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni taminlash, ishlab chiqilayotgan maxsulotlarning tannarxini pasaytirishga yordam beruvchi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish;
-
Xududning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish ;
-
Xududni yanada rivojlantirishga qaratilgan geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, biotexnologiya, mexatronika, nanotexnologiya, biotenologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energitika va mashinasozlik soxalarida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni o’tkazishda ishtirok etish
-
Ilmiy-pedagog yuqori malakali kadrlarni, talim muassasalari o’qtuvchilari va sanoat korxonalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
-
Fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko’maklashuvchi sharoitlar yaratish;
-
Sanoat va qishloq xo’jaligi soxalarida jahon va mamlakat ilm-fani yutuqlarini o’rganish va taxlil qilish, hududning xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ulardan foydalanish