O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi rahbarlari funksiyalari
O’zR Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi raisining asosiy vazifalari:
-
Bo‘lim faoliyatini yakka hokimlilik asosida boshqaradi va Bo‘limga yuklangan barcha vazifalar va funksiyalarning bajarilishi,Nizomga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi, Bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning huquqlarini belgilaydi;
-
joriy yil va istiqbol uchun ilmiy tadqiqotlarning rejasini ishlab chiqish, shakllantirish ishlarini tashkil qiladi;
-
Bo‘limning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlari asosida laboratoriyalarning, boshqa tarkibiy tuzulmalarning va tadqiqot guruhlarining ilmiy-tadqiqot rejalarini tasdiqlaydi;
-
yuqori tashkilotlarda Bo‘limda o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha masalalar muhokama qilinayotganida ishtirok etadi;
-
Fanlar Akademiyasining rahbar organlarida, yuridik va jismoniy shaxslar va tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlarda Bo‘lim manfaatlarini himoya qiladi;
-
ilmiy-tadqiqot, tajribaviy va sinash-konstruktorlik ishlari mavzularini tanlovga tayyorlash, ularni amalga oshirish, ilmiy kadrlar yetishtirish bo‘yicha prognozlar tayyorlash, ajratilgan mablag‘lar doirasida ilmiy-tadqiqot mavzularini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minotini ta’minlash, ilmiy ishlarni chop etish va Bo‘limning boshqa ishlariga rahbarlik qiladi, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
-
Bo‘lim Ilmiy kengashi faoliyatini boshqaradi;
-
Bo‘limning xalqaro ilmiy aloqalarga oid ishlariga rahbarlik qiladi, chet ellardagi ilmiy muassasalar va olimlar bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik dasturlarining bajarilishini belgilangan tartibda tekshirib boradi;
-
Bo‘limning Respublikadagi boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan ilmiy-texnik faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
-
ilmiy tadqiqot ishlari va boshqa topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan joriy tekshiruv uyushtiradi, ilmiy tadqiqot bo‘linmlarining, shu jumladan alohida olingan xodimlarning ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotini eshitadi;
-
belgilangan tartibda Bo‘limning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to‘g‘risida yuqori tashkilot va boshqarmalarga hisobot taqdim etadi va ma’ruzalar qiladi;
-
har yili Idoralararo Ilmiy - texnik kengashda , Fanlar akademiyasi xay’atida muhokama qilinib, maqullangan Bo‘limning ilmiy, tashkiliy va xo‘jalik faoliyati natijalari haqida yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
-
ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlariga tanlov o‘tkazish huquqiga ega va Ilmiy kengashning tanlovlar natijalari bo‘yicha qarorlarini tasdiqlaydi;
-
Bo‘limning ilmiy risolalarini va xodimlarning ilmiy ishlarini nashrga tavsiya etadi, rejadan tashqari ishlarni titul varag‘ida Bo‘limning nomi ko‘rsatilgan holda nashr etishga ruxsat beradi;
-
tanlovda ishtirok etishi uchun o‘rnatilgan tartibda loyihalarni tavsiya etadi;
-
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ishonch qog‘ozisiz, o‘rnatilgan tartibda Bo‘lim mablag‘larini va shu jumladan kredit mablag‘larini boshqaradi;
-
Bo‘lim nomidan shartnoma va kelishuvlar imzolaydi va shunday shartnomalar tuzishga ishonch qog‘ozlari beradi;
-
xodimlarning shtat jadvalini tasdiqlaydi, ilmiy tashkilotlar uchun o‘rnatilgan lavozim okladlari bo‘yicha va bo‘linma hamda loyiha rahbarlarining raportlari asosida ishlovchilarga mehnatga haq to‘lash miqdorini belgilaydi;
-
moddiy rag‘batlantirish va ishchilarni mukofotlashning tizimi va shaklini belgilaydi, lavozim okladlariga ustama va qo‘shimcha to‘lovlar o‘rnatadi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish haqida qarorlar qabul qiladi;
-
Bo‘limning ilmiy va boshqa xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimga o‘tkazadi va ularni ishdan bo‘shatadi;
-
Bo‘lim kreditlarining bosh taqsimlovchisi bo‘lib hisoblanadi va ularning to‘g‘ri ishlatilishiga amaldagi qonunchilik asosida shaxsan javob beradi;
-
Bo‘lim ixtiyoridagi mablag‘ va ish haqi fondi doirasida smeta moddalari bo‘yicha xarajatlarini tasdiqlaydi;
-
ish haqi fondi doirasida Bo‘limning tarkibini va shtatlarini, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi tegishli bo‘limlarni tasdiqlaydi;
-
Bo‘limda ishlab chiqilgan Nizomda belgilangan tartib va miqdorda xodimlarga ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi;
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat budjetida turgan korxona va tashkilotlardagi buxgalterlik hisobi instruksiyasiga, amaldagi davlat budjeti kirim va chiqimlar klassifikatsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq buxgalterlik hisobini tashkil etadi;
-
pullar, tovar-mahsulot va boshqa qimmatli narsalarni qabul qilish va topshirish uchun, Bo‘limning kredit va hisob kitob majburiyatlarida hamda buxgalterlik hisoboti va balansida asos bo‘lib xizmat qiladigan imzo qo‘yish huquqini tegishli buyruq bilan tasdiqlaydi;
-
o‘rnatilgan tartibda rahbar, ilmiy, muxandis-texnik xodimlar va mutaxassislar bilan shartnomalar tuzadi;
-
doktoranturalarga qabul bo‘yicha tanlov natijalarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning muntazam attestatsiyasi natijalarini tasdiqlaydi;
-
Bo‘lim xodimlarini rag‘batlantiradi va o‘rnatilgan tartibda intizom jazosini qo‘llaydi;
-
sud organlarida, hakamlik sudida, bank va boshqa muassasalarda Bo‘lim nomidan qatnashadi, shuningdek ayrim shaxslarga ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik masalalarini hal qilishni topshiradi;
-
o‘rnatilgan tartibda o‘z vakolati doirasida Bo‘lim bo‘yicha buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
-
Bo‘limning asosiy fondi va boshqa mulklarining saqlanishini ta’minlaydi;
-
amaldagi qonunchilik va Fanlar Akademiyasining Nizomi asosida berilgan barcha huquqlardan alohida ishonch qog‘ozisiz foydalanadi;
-
amaldagi qonunchilik asosida Bo‘lim faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi va hal qiladi;
-
Bo‘lim raisi Bo‘lim ishtirokida tuzilgan kichik, qo‘shma korxonalar, ilmiy markazlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning ta’sischi sifatidagi Bo‘limga tegishli ulishlarini, hamda xo‘jalik shartnomalarining bajarilishidan olingan sof foydani, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish fondiga, avtotransport vositalari, asbob-uskunalar sotib olishga, qurilish va qayta ta’mirlash ishlariga mustaqil ravishda yunaltirishga xaqlidir.
O’zR FA Navoiy bo'limi raisi o'rinbosarining asosiy vazifalari:
-
Bo‘lim raisining muovini rais tomonidan Fanlar akademiyasining prezidenti hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktori bilan kelishilgan xolda kontrakt asosida (fan doktori yoki fan nomzodlaridan) tayinlanadi.
-
Bo‘lim raisining muovini o‘z faoliyatini bo‘linma mudirlari va loyiha rahbarlari bilan uzviy bog‘langan holda olib boradi va doktoranturalar faoliyatini boshqaradi.
-
Bo‘lim raisining muovini vazifalarning belgilangan taqsimotiga ko‘ra ilmiy va ilmiy-yordamchi bo‘limlarning ilmiy va ilmiy – tashkiliy faoliyati uchun ma’suldir.
-
Bo‘lim raisining muovini rais yo‘q vaqtlarida uning vazifasini bajaradi.
-
Bo‘lim raisi muovinining huquqlari va vazifalari .Bo‘limning Nizomiga muvofiq rais tomonidan belgilanadi va lavozim yo‘riqnomasida reglamentlanadi.
-
Xalqaro aloqalarning kengayib borishi munosabati bilan, Fanlar Akademiyasining prezidenti bilan kelishilgan holda huquq va majburiyatlari Bo‘lim Nizomi asosida rais tomonidan belgilangan, raisning halqaro aloqalar bo‘yicha muovini lavozimi kiritilishi mumkin.
-
Raisning muovinlari bir nechta bo‘lganda ular o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti rais tomonidan maxsus buyruq chiqarish orqali belgilanadi.