OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI
16-17 oktyabr kunlari Samarqand davlat universitetida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi K.R.Rahimovning 90 yilligiga bag’ishlangan “Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya ishida AQSh, Rossiya , Xitoy, Italiya, Bolgariya , Qozog’iston, Qirg’iziston kabi xorijiy davlatlar va O’zbekistonning barcha viloyatlaridan soha yetakchi mutaxassislari va taniqli olimlar ishtirok etdi. FA Navoiy bo’limidan bo’lim raisining xalqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari K.Nuboyev boshchiligida 4 xodim qatnashdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar oziq-ovqat mahsulotlari ko’rgazmasi bilan tanishishdi. Unda Navoiy bo’limi pavlovniya daraxtidan yog’och na'munalarini va “Elektrokimyozavod” AJ QQ mutaxassislari bilan ishlab chiqilgan o’simliklarni o’sishini tezlatadegan va mikroelementlar bilan boyitadegan paxta dala sharoitida muvaffaqiyatli tajribadan o’tkan innovatsion preparatlarni, jumladan “Gektar” va guminli pasta “LGMK” komplekslari, “ElSMiK”, bentonitli oltingugurt va hokazolarni namoyish etdi. Bundan tashqari, kelgan mehmonlar Bo’lim faoliyati va istiqbolli loyihalar bilan tanishishdi. Jumladan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, SamDU rektori R.Xalmurodov va “Shax-Polan M” MChJ boshqaruv raisi A.Shukurovlarda Navoiy viloyati Nurota tumanida Bo’limning pavlovniya plantasiyasini tashkil etish loyihasi qiziqish uyg’otdi.
Konferensiya yalpi majlisida o’z ma'ruzulari bilan BMTning “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi” tashkilotining Markaziy Osiyo bo’yicha mas'ul xodimi G.Shunger, Qishloq xo’jaligi siyosati bo’yicha katta maslaxatchisi D.Kinlay, AQShning “VetVittles” kompaniyasi rahbari, akademik E.Gurman va boshqalar ishtirok etdi. So’zga chiqqanlar oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat ma'lum bir davlat, balki butun dunyo miqyosidagi muhim muammolaridan biri ekanligini ta'qidladilar. Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligining milliy va xalqaro me'yorlari, mahsulotlarning sifati, qayta ishlash va ozuqalarni biologik qiymatini saqlash masalalari, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligi muhokama qilindi.
Sho’ba majlislarida Bo’lim xodimlari O’zbekistonda pavlovniyani klaster usulida o’stirish va qayta ishlash hamda qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga nokimyoviy yo’l bilan mikroblarga qarshi ishlov berish klasterlarini tashqil qilish istiqbollari haqida o’z ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Konferensi yakunida tezislar to’plami chop etildi.