Ilm manfaatlarni birlashtiradi
2025 yilning 13 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qator muzokaralar hamkorlar bilan o‘tkazdi. Ular ilm-fanni rivojlantirish va mintaqaning muammoli masalalarini hal qilish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan edi.
Jumladan, Navoiy bo‘limiga Rossiyaning “IK Vozdushniy rodnik” MChJ bosh direktori Sergey Dorjiyev o‘z tadqiqotchilar jamoasi bilan tashrif buyurdi. Ular bilan muzokaralarni Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev boshchiligidagi ilmiy xodimlar olib bordilar.
“IK Vozdushniy rodnik” MChJ ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan bo‘lib, “Akvadjenika” ITBning shu'ba korxonasidir. Mazkur birlashma atmosfer namlikni aylanish effekti va havo oqimi haroratini ajratish orqali ekstragirlash uskunalarini ishlab chiqish va takomillashtirish ustida ishlamoqda. Bu yerda ta'kidlash joizki, tomonlarning birinchi tanishuvi o‘tgan yili “Navoiy” EIZda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda dunyoda birinchi bo‘lib issiq-quruq iqlim sharoitida havodan ichimlik suvini ekstraksiya qilish uskunasi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Uskuna kuniga 1000 litr suv ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Uning katta afzalliklaridan biri energiya resurslarining kam sarfi bo‘lib, bu quyosh va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
Joriy muzokaralar davomida S.Dorjiev ularga bir kub metirda 4 grammdan boshlab bo‘lgan suv miqdori va 10-70 daraja Sel'siy harorat diapazonidagi issiq-quruq iqlimning ekstremal sharoitlarida ishlaydigan oddiy mashina yaratishga muvaffaq bo‘lganliklarini ma'lum qildi. Bunda xorijiy analoglar havodan suvni havoda bir kub metirda 8-10 grammdan boshlab namlikda va 25-38 daraja harorat diapazonida ekstraksiya qiladi. Olingan suvning ichimlikka yaroqliligi O‘zbekiston va Rossiyaning bir necha laboratoriyalarida isbotlandi.
U shuningdek, “Navoiy” EIZda ushbu uskunani seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi. Biroq, cho‘lda havo va tuproq tarkibini o‘rganish, namlik paydo bo‘lish tabiati, havo oqimlarining kuchi va yo‘nalishini o‘rganish va boshqa tegishli masalalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ta'kidladi. Buning barchasi maxsus hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish asosini tashkil qilishi mumkin. U mahalliy idoralar, hukumatlararo va xalqaro tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan tanlovlarda ishtirok etish uchun loyihalar yozishda hamkorlik qilishni taklif qildi.
O‘z navbatida, A.Mirzayev ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat shartnomasi tuzishni taklif qildi. Biroq, avval tomonlar shu kuni hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.
Shuningdek, Toshkentda Navoiy bo‘limi ilmiy xodimlari rais o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev boshchiligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Fevral oyi boshida uyushma Fanlar akademiyasiga ishlab chiqarishdagi mavjud muammoli masalalar ko‘rsatib o‘tilgan xat bilan murojaat qilib, ularni ilmiy yondashuv orqali hal qilishda yordam so‘radi.
Ushbu murojaatga Navoiy bo‘limi olimlari javob berdilar, ammo avval joyiga chiqib vaziyatni o‘rganishni taklif qildilar. Hamkorlik tafsilotlari ushbu muzokaralarda muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari masalalarni batafsil o‘rgangandan so‘ng, shartlari har ikki tomonni qoniqtiradigan xo‘jalik shartnomalari tuzishga kelishib oldilar.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.