Deputatlar bilan ochiq muloqot


    O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat partiya tashkiloti binosida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

     Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a'zosi B.Shodiyev ishtirok etgan mazkur jamoatchilik eshituvida 2025 yil fevral oyining yakuni bilan Navoiy viloyatida chiqindilarni yig‘ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizasiya qilish, chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda viloyatda oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizasiya qilish va yangilarini qo‘rish bo‘yicha davlat dasturlarini bajarilishi muhokama qilindi.

         Bunda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylangan deputatlar, tuman (shahar) partiya tashkilotlari xodimlari, soha mutaxassislari va tegishli tashkilot mas'ullari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ilmiy xodimlari faol qatnashdilar. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda kun tartibiga oid masalalar ko‘rib chiqildi, mavjud muammolar aytildi va tegishli takliflar berildi.

   Jumladan, chiqindi poligonlari va oqova suvlarni tozalash inshootlarida mavjud muammolar, chiqindilarni saralash va qayta ishlash, tog‘li va chekka hududlarda yashaydigan aholiga chiqindilarni olib chiqish xizmatlarini yaxshilash masalalari, ekopatrullar tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushintirish targ‘ibotini kuchaytirish takliflari muhokama qilindi va tegishli topshiriqlar berildi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!