BelDTU bilan memorandum imzolandi
Avval xabar berganimizdek, 2019 yilning 27-28 noyabr kunlari Navoiy davlat konchilik institutida “Zarafshon vohasini kompleks innovasion rivojlantirish: yutuqlari, muammolari va istiqbollari” II Xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda FA Navoiy bo‘limi xodimlari faol qatnashdi. Tadbir mobaynida ikki tamonlama muzokaralar ham olib borildi. Natijada Bo‘lim va Belorusiya davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.
Mazkur hujjatni imzolashdan maqsad, tomonlar o‘rtasida sherikchilik munosabatlarni o‘rnatish va innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda O‘zbekiston va Belorussiyada tadbiq etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Jumladan, Bo‘limda universitetning yangi kompozit materiallarini yaratish, suvda eriydigan xlorsiz o‘g‘it ishlab chiqish, yuqori sifatli beton va g‘o‘zani qayta ishlash kabi ishlanmalari qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, Belorusiyalik mehmonning Bo‘lim tomonidan taklif etilayotgan gips bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarishning innovasion usuli, kvars qumini boyitish texnologiyasi va lalmi yerlarda pavlovniya plantasiyalarini yaratish loyihalari e'tiborini tortdi.
Fevzi ISTABLAEV,
FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.