+998 79 223 42 15

“O‘zbekiston tarixi” jurnali

“O‘zbekiston tarixi” jurnali O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro'yxatga olingan. Guvohnoma № 0051. Bir yilda 4 marta chop etiladi.

Jurnalning ixtisoslashuvi: ilmiy-amaliy;

Nashrning tili: maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi;

Hajmi: 5,5 nashr tobog’ida - 100 sahifada.

Tarqatiladigan hududi: Jahon ilmiy markazlari, Markaziy Osiyo Respublikalari, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari.

Jurnalda:

- O'zbekiston tarixi bo'yicha tadqiqotlarning eng yangi natijalarini mujassamlashtirgan, jahon tarix fani nazariyasi va metodologiyasiga asoslangan maqolalar chop etiladi.

- tarix va yondosh gumanitar fanlarda erishilgan eng yangi ilmiy natijalar, kashfiyotlar haqida axborot beriladi;

- jahon tarixi va tarixshunosligi fanida kechayotgan jarayonlarni yorituvchi maqolalarni chop etiladi;

- tarixiy ta'lim rivoji masalasiga bag’ishlangan maqolalar chop etiladi;

- tarix fani sohasidagi ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, yangiliklardan ilmiy jamoatchilikni muntazam xabardor qilib boriladi.

Moddiy ta'minoti – Respublikadagi obuna va Tarix instituti mablag’idan amalga oshiriladi.

Bosh muharrir

Alimova Dilorom Agzamovna

Tarix fanlari doktori, professor

O‘zR FA Tarix instituti “Tarix shunoslik va manbashunoslik” bo‘limi mudiri

e-mail: Rachbar_D@yandex.ru

Ma’lumoti: Toshkent Davlat Universiteti (ToshDU) tarix fakulteti (1971 g.)

Ilmiy darajasi: Tarix fanlari doktori (1991 g.), professor (2002)

Ilmiy qiziqishlari:

Markaziy Osiyoda xotin-qizlar masalasi tarixi va tarixshunosligi;

Markaziy Osiyoda milliy harakati tarixi va tarixshunosligi;

Markaziy Osiyoda madaniyat tarixi va tarixshunosligi;

Markaziy Osiyoda Islom tarixi va tarix shunosligi;

Tarix fani metodologiyasi.

Manzil:

100080, O'zbekiston Toshkent, Shahrisabz 5-tor ko'chasi

Telefon:

(+998-71) 233-61-92

E-mail:

uzbekistontarixi.jurnal@mail.ru

Maqolalarni qabul qilish qoidalari

“O’zbekiston tarixi” jurnalining bir yilda 4 ta soni chop etiladi. O’zbekistonning eng qadimgi davridan to bugungacha bo’lgan tarixining eng dolzarb muammolari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari, tarix fanining nazariy­- metodologik masalalariga oid maqolalar, shuningdek, tarixiy manbalar va ularning talqini, ilmiy hayot yangiliklari e’lon qilinadi.

Jurnalda chop etish uchun taqdim qilinayotgan maqola mavzusi dolzarb, ilmiy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Maqoladan ko’zlangan maqsad va chuqur ilmiy tahlil natijasida erishilgan xulosalar aniq, ravshan ifodalanishi lozim.

Jurnalga o’zbek tilida taqdim qilinadigan maqolaning o’zbek, ingliz va rustilida; rus tilida taqdim qilingan maqolaning rus, o’zbek va ingliz tillaridagi qisqacha annotatsiyasi (40-45 so’zdan iborat), maqola tilida 15 ta kalit so’zlar bo’lishi kerak.

Qabul qilingan maqolalar tahririyat a’zolari hamda yetakchi mutaxassislarga taqrizga beriladi va tahrirhay’ati ilmiy muhokamasidan so’ng nashrga tavsiya qilinadi.

“Yoshtadqiqotchi minbari” rukniga taqdim qilinayotgan aspirant va yosh tadqiqotchilarning maqolasiga ilmiy rahbarining taqrizi va tavsiyasi zarur.

Maqolaga tarix fanining ma’lum sohasi bo’yicha mutaxassis taqrizi bo’lishi shart.

“O’zbekiston tarixi” jurnalida chop etish uchun taqdim qilinayotgan maqolalar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:

  • maqola hajmi 12-14 sahifadan oshmasligi, 2 nusxada, «Times New Roman» shriftida, sarlavhasi 14 keglda, tekst 14 keglda, 1,5 intervalda bo’lishi, qog’ozning barcha tomonidan 2 sm. dan qoldirilishi kerak. Elektron versiyasi ham taqdim etilishi zarur.
  • Snoskalar har bir sahifa oxirida ketma-ketlikda quyidagicha: muallif (FIO), maqola nomi, manbasi (kitob, jurnal), nashr joyi, chop etilgan vaqti, sahifasi.
  • Muallif to’g’risida quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi: familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, ish va uy manzili, telefoni.

Maqola qo’lyozmasi qaytarib berilmaydi.

↑↓ tanlash Enter ochish Esc yopish
Navoiy boʻlimi