Yoshlarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratib


O‘zbekistonda olib borilayotgan Yoshlar siyosatiga muvofiq yoshlarni ilmiy faoliyatiga yanada kengroq jalb etish, yosh iste'dod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Navoiy shahrida “Yoshlar texnoparki” kurildi. Joriy yilning 27 iyun kuni uni tantanali ochib foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi – bosh direktori Quvondiq Sanaqulovlar so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlarga ularning ertangi kuniga alohida e'tibor qaratilayotganini, yosh avlodni har bir sohada yetuk kadr qilib ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlab o‘tdilar.

Ular ramziy lentasini kesib, Navoiy shahar “Yoshlar texnoparki”ni ochiq deb e'lon qildilar va barchani ichkariga taklif etdilar. Bu yerda birinchi va ikkinchi qavatlarida Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi, viloyat oliy o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari olmilari va iqtidorli yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Vazirni va viloyat rahbariyatini Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev Bo‘lim olimlari va doktorantlari ishlanmalari bilan tanishtirdi. Jumladan, ularni va ko‘rgazmaning boshqa ishtirokchilarini quyosh konsentratori, magnezit va grafitli olovbardosh materiallari, vermikulitdan tayyorlangan yengil plitalari va ko‘chatlar uchun boparchalanuvchi tuvakchalar hamda urug‘larni ekishdan oldin qobiqlashda va o‘simliklarni barglardan oziqlantirishda bentonitdan foydalanish usullari qiziqtirdi.

Ta'kidlash joiz-ki, innovatsiyani aholining har bir qatlamiga olib kirish uchun mana shunday zamonaviy infratuzilmaga ega yo‘nalishi bo‘yicha asbob uskunalarni o‘zida jam etgan Navoiy “Yoshlar texnoparki”ning markazdan uzoq bo‘lmaganligi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining bir qismida qurilishi, yuzlab iqtidorli yoshlar qamrab olish imkoniyatiga ega ekanligi, robototexnika, web-dasturlash, grafik dizayn, komp'yuter savodxonligi hamda chet tillari kabi yo‘nalishlarida o‘quv kurslarining ham o‘z ichiga qamrab olishi quvonarli holat albatta.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!