Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari


Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanining Urumchi shahrida Ipak yo‘li bo‘yidagi mamlakatlar o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikning 13-chi forumi, shuningdek, Shinjon xalqaro tog‘-kon sanoati va uskunalari 13-chi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ularda dunyoning 20dan ortiq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Mo‘g‘uliston, Pokiston va Rossiya vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston delegasiyasidan Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti - Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev va tarkibiy bo‘lim mudiri Sherzod Sharipovlar ham qatnashdilar.

Tadbirlarning asosiy tashkilotchisi Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Xalq hukumati huzuridagi 305-chi Davlat dasturining byurosi edi. Forumda sohaning yetakchi mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlar tog‘-kon sanoatidagi yutuqlar haqida ma'lumot almashdilar va yangi zamonaviy uskunalar bilan ishtirokchilarni tanishdilar.

Ta'kidlash joizki, Xitoy respublikamizning asosiy hamkorlaridan biridir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda xitoylik tadbirkorlar O‘zbekistonga tobora ko‘proq e'tibor qaratmoqdalar, ammo ularni xorijiy investitsiyalarni muhofazasi qiziqtirmoqda. Shu bois forum ishtirokchilari A.Mirzayevning mamlakatimiz investitsion salohiyati, xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, bu borada qabul qilingan qonun va hukumat hujjatlari haqida so‘zlagan ma'ruzasini qiziqish bilan tingladilar. Shuningdek, Navoiy bo‘limning ishlanmalari va ilmiy salohiyati, O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv ishlarini talab qiladigan mavjud no'madan foydali qazilmalari konlari haqida ma'lumot beriladi.

Bundan tashqari, Navoiy bo‘limi raisi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tayyorlash uchun qo‘shma korxona shaklida konsalting markazini tashkil etishni taklif qildi. Ushbu markaz O‘zbekistonda joylashishi, uning xodimlari ma'dan, noma'dan va texnogen foydali qazilmalari konlari hamda turli sohalardagi innovatsion texnologiyalar va intellektual mulk ob'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashi va qayta ishlashi ko‘zda to‘tilgan. Shu bilan birga, markaz manfaatlari Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari va Xitoyni qamrab olishi mumkin. Natijada konlarda qazib olish ishlarini olib borish, qayta ishlash majmualari va boshqa zavodlarni qurish uchun mablag‘larini qiritish rejalashtirgan investorlar uchun foydali ma'lumotlarga ega ma'lumotlar bazasi shakllanishi mumkin. Bu ishtirokchi mamlakatlarning ilmiy, texnik va moliyaviy salohiyatini uyg‘unlashtirgan holda hamkorlikni kengaytirishga imkon beradi, bu esa umuman Markaziy Osiyo iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va aholisining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Nufuzli xalqaro forum doirasida o‘nlab ikki va uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari noma'dan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, o‘g‘itlardan foydalanish va boshqa sohalarda hamkorlikni taklif qildilar.

Xususan, Navoiy bo‘limi yettita Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi. Ushbu kompaniyalarga bir-ikki kun oldin Abdurazak Mirzayev va Sherzod Sharipovlar tashrif buyurib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari va istiqbolli ishlanmalari bilan tanishdilar. Ularning orasida biotexnologiyaga, jumladan paxta chigitining oqsil konsentratini, rafinoza, gossipol va peptidlarining nozik va chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan “Szin'lan'” Shinjon o‘simlik oqsili kompaniyasi” MChJsi. Ushbu kompaniyaning xodimlari paxta ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar. Shuningdek, granulyasiya uchun beda va yantoq kabi mahalliy o‘simliklardan foydalangan holda chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish zavodi qurilishiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan “Shinjon qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bo‘yicha savdo kompaniyasi” MChJ mutaxassislari mamlakatimizga katta qiziqish bildirdilar. Bu, xitoylik sheriklarning fikriga ko‘ra, yirik va mayda qoramollarning go‘shti sifatini yaxshilaydi, bu esa chorvachilik klasterini yaratish istiqbollarini ochadi. Boshqa bir kompaniya “Henan Wanshihengtong Intelligent Equipment” MChJ kvars qumlarini qurilishda foydalanish uchun mos darajagacha gil fraksiyasidan tozalash texnologiyasini yetkazib berishga qiziqish bildirdi. Ma'lumki, Qizilqum kon mintaqasida kvars qumi konlari mavjud.

Bundan tashqari, “Shinjon suv havzasi madaniy kompaniyasi”, “Szyun'shenda” Shinjon tijorat konsalting kompaniyasi”, “Yanggu” sanoat va kon mashinalari ishlab chiqarish kompaniyasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari, Metall buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha muhandislik-texnik kompaniyasi bilan memorandumlar, shuningdek XXR ShUATning fan va texnikani rivojlantirish instituti bilan kelishuv imzolandi. Shuningdek, MDH mamlakatlari bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Guandong ittifoqi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.

Forum yakunida A.Mirzayev va Sh.Sharipovlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbir ishtirokchilari bir ovozdan bunday uchrashuvlar ishtirokchi mamlakatlar ravnaqi yo‘lida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun zamin yaratishini ta'kidladilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!