Vitse-prezident bilan suhbat
Joriy yilning 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidentligiga “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi doirasida FA Navoiy bo‘limiga ham ish yuzasidan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida B.Abduhalimov Bo‘lim yosh olimlari hamda Navoiy davlat konchilik instituti o‘qituvchi va studentlari bilan suhbatlashdi. U ularning ilmiy ishlari va innovatsion ishlanmalari bilan tanishib, o‘z tavsiyalarini berdi.
FA Navoiy bo‘limi matubot xizmati.