Toshkentda FA Navoiy bo‘limi to’rtinchi doktoranti dissertasiyasini muvofaqqiyatli himoya qildi


Yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti Ahmadjon Jumayev 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)» ixtisosligi bo‘yicha «Eyilishga bardoshli oq cho‘yanlarning xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibi va strukturasini optimallashtirish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi. U Bo‘limda texnika fanlar doktori, professor Yulbarsxon Mansurov rahbarligida o‘z tadqiqotlarini olib bordi. Dissertasiya himoyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning majlisida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Ahmadjon tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning maqsadi, konchilik sanoatida abrazivli va zarbli-abrazivli muhitlarida qo‘llaniladigan yeyilishga bardoshli oq cho‘yandan tayyorlangan import qilinuvchi detallarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish uchun ularni struktura va xossalarini sanoat talab darajasiga olib chiqish maqsadida ularning tarkibi va strukturasini optimallashtirishdan iborat edi.

Uning olib borgan tadqiqot natijalarining ishonchliligi dissertasiya tadqiqotida zamonaviy usullar jihozlarda metallografiya va rentgenostruktura tahlillari, element tahlil, makroqattiqlik va mikroqattiqligi qiymatlari, termik ishlov berish, yeyilishga bardoshlilik sinovlari natijalarining to‘liq o‘zaro bog‘liqligi, olingan tajriba natijalari mavjud tajriba ma'lumotlariga solishtirilganligi va real iqtisodiy foyda bilan ishlab chiqarishga joriy etilganligi bilan asoslanadi.

A.Jumayevning olib borgan tadqiqot natijalarining NKMKda joriy qilinishi natijasida har bir ishlab chiqarilgan 1 tonna qotishmada legirlovchi elementlar, jumladan, ferroxrom 40 foizga, nikel' 45 foizga, boshqa kimyoviy elementlarning barchasi o‘rta hisobda 10–20 foizga iqtisod qilingan. Olingan quymalarning zarbiy qovushqoqligi va qattiqligi 1,2-1,5 baravariga oshirilishiga erishilgan. Eng asosiysi detallarning xizmat muddatini 20 foizga o‘zaytirilgan va quymalarni tan narxini 30 foizga kamayishiga erishilgan.

U tomonidan olib borilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha jami 27 ta ilmiy ishlar chop etilgan hamda UZ FAP 01572 (2020y.) raqamli foydali modelga patent olingan.

Ilmiy kengashning barcha a'zolari Ahmadjon Jumayevga texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bir ovozdan ma'qulladilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!