Tabiyatni muhofaza qilib, kelajak avlodga yetkazish – muhim vazifa


Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi Qayta tiklanuvchi energiya, energotejamkorlik va ekologiya bo‘linmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakul'teti o‘rtasida tuzilgan kelishuv asosida birgalikda ish olib borilmoqda. Yaqinda ular O‘zbekiston ovchi va baliqchlar birlashmasi Navoiy viloyati bo‘limi bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzoladilar va ov hayvonlari populyasiyasini aniqlash maqsadida amaliy ishlarni olib bordilar.

Ushbu shartnomani bajarish uchun NDPI bilan hamkorlikda ov hayvon turlarining 1 gektar maydonchalar sanog‘i tashkil etilib umumiy maydon hisobiga nisbatan ov hayvonlari populyasiyasi soni aniqlandi.

Sanoq kunduzi va kechasi tashkil etildi. Kuzatuvning birinchi kuni Aydar arnasoy bo‘lim hududi, ikkinchi kuni Sho‘rko‘l, uchunchi kuni To‘dako‘l, to‘rtinchi kuni Zarafshon daryosi ko‘zdan kechirilib, ov jonivorlari sanog‘i olindi. Kuzatuv natijalari asosida sanoqdan o‘tgan hayvonlarning shartli populyasiyalari to‘g‘risida ma'lumotlar tayyorlandi va ovchilik jamiyatiga taqdim etildi.

 

Kuzatuv va sanoqlar shuni ko‘rsatdiki, davlatimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilishga va biologik nazoratga ko‘rsatilayotgan diqqat e'tibor va normativ hujjatlar natijasida yovvoyi hayvon va qushlarning bosh sonining kamaymaganligi aksincha ko‘paygani quvonarli holat.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!