Strategik hujjatlarni jamoatchilik muhokamasi


              O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi jamoasi o‘rtasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


              Bo‘lim raisi v.v.b. Quvondiq Nurboyev yurtimiz va xalqimiz uchun muhim bo’lgan mazkur hujjatlarning yo‘nalish va maqsadlari to‘g‘risida ilmiy va texnik xodimlar hamda tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilarga atroflicha tushuntirdi. Shuningdek, loyihalar keng jamoatchilik muhokamasi uchun joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirilganligini aytib, hujjatlarni batafsil o‘rganib, o‘z takliflarini portalga yuborishga chaqirdi.


           Tadbir ishtirokchilari o‘z navbatida ushbu jarayonda faol ishtirok etishlarini ta'kidlab o‘tdilar.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!