Rossiyaliklar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiga Rossiyaning "Uransvetmet” Boshqaruv kon-ma'dan kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati vakillari ushbu kompaniyaning bosh direktori Vladimir Degtyarenko boshchiligida hamda Rossiyaning “Rosgeologiya” AJ geologik xoldingning xalqaro loyihalar bo‘yicha bosh menejeri Aleksey Desyatkin tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida FA Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev va uning xalqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev mehmonlar bilan geologik qidiruv va boshqa sohalarda hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildilar.
Rossiyadan kelgan mehmonlar Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan tayyorlangan loyihalar bilan tanishdilar. Shu jumladan, infratuzilmadan uzoqda joylashgan ma'dan va noma'dan foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor geologik qidiruv ishlarini olib borish maqsadida mobil ilmiy-ishlab chiqarish geologik qidiruv otryadini yaratish g‘oyasini ma'qulladilar. Olingan natijalarni manfaatdor investorlarga ular tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash uchun berilishi mumkin. Ushbu otryad, shuningdek, lalmikor yerlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan holda mevali bog‘lar yaratish uchun yer osti suvlari bilan ta'minlashda zarur bo‘ladigan yer osti quduqlarini qazishda va yer osti suvlar zahiralarini aniqlash va ularning tarkibini kimyoviy tahlil qilish imkonini beradi.
“Uransvetmet” BKMK AJ 20 yilga yaqin vaqt davomida geologik tadqiqotlar bozorida faoliyat olib boradi va dunyoning 18 davlatida burg‘ulash, geologiya va qidiruv ishlarida malakali xizmat ko‘rsatadi. Bugungi kungacha aksiyadorlik jamiyati tomonidan 150dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan va uzunligi 5 million metrdan ortiq geologik quduqlari burg‘ulangan. Uning balansida geologik qidiruv ishlari hamda ilmiy izlanishlarni bajarish uchun zamonaviy burg‘ulash uskunalari mavjud.
Kompaniya atrof-muhit ekologiyasini saqlash bo‘yicha xavfsizlik standartlariga rioya qilgan holda ishlarni bajarish uchun yetarlicha tajribaga ega, shuningdek barcha kerakli sertifikatlari bor va Kompaniyaning ko‘plab istiqbolli loyihalarini amalga oshirish jarayonida malakali va sifatli ishlar tufayli minglab ish o‘rinlariga mo‘ljallangan kon sanoati korxonalari barpo etildi, ular jahon sanoatining ehtiyojlari uchun millionlab tonna foydali qazilmalarni yetkazib beradi.yo
Tomonlar O‘zbekiston hududida, xususan, Qizilqum va Nurota ma'dan maydonlarida yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar. “Uransvetmet” BKMK AJ mobil geologiya qidiruv otryadining samarali faoliyat ko‘rsatish uchun burg‘ulash uskunalarini berishi, Navoiy bo‘limi esa otryadni zarur ish hajmi va geologik qidiruvga istiqbolli xududlarni tavsiya qilishda asoslangan takliflar bilan ta'minlashi mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilari qo‘shma korxona tashkil etishdan oldin kerakli bitimni imzolash va bozor mexanizmlarini hisobga olgan holda rejalashtirilgan ishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash kerak degan xulosaga kelishdi.
Fevzi Istablayev,
FA Navoiy bo‘limining matbuot kotibi.