Pedagogikada innovasion texnologiya


2019 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida “Madad-orientir” Ilmiy-uslubiy va amaliy xizmat ko‘rsatish markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markazning asosiy vazifalaridan biri – jamiyatda ijtimoiy sog‘lom muxitni shakllantirishning innovasion yondashuvlar asosidagi pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish va amalietga joriy etishdir. Shuni e'tiborga olib, Markaz tomonidan viloyatda birinchi bor 15 yaqin mahalliy umumta'lim maktablarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Neyropedagogika: o‘qitishning innovasion texnologiyalari” mavzusida Navoiy shahrining 7-sonli maktabida seminar-trening o‘tkazildi.

Bo‘limning xalqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Q.Nuboev kirish so‘zida tadbir qatnashchilariga Bo‘limning ilmiy faoliyati hamda “Madad-orientir” Markazning maqsadi va vazifalari haqida aytib berdi. So‘ngra Bo‘limning ilmiy kotibi D.Gulyamov mavzuga oid ma'lumotlar bilan taqdimot tarzida o‘qituvchilarni tanishtirdi.

Tadbirda ta'kidlandi, ma'naviy-ahloqiy jihatdan yetuk va jismonan sog‘lom bolalarni tarbiyalash samaradorligi, ko‘p jihatdan, pedagoglarning kimni tarbiyalashi va qanday tarbiyalashi kerakligini bilishlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa murabbiy va pedagoglardan ta'lim va tarbiya jarayonida ta'lim oluvchi shaxsini har tomonlama va chuqur bilishlarini, ularning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olishlarini talab qiladi.

Inson bosh miyasi yarimsharlarining har ikkalasi xam murakkab kognitiv jarayonlarda ishtirok etgani bilan, ularning faoliyat strategiyasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Mana shu farq har bir insonda o‘ziga hos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Ta'lim-tarbiya jarayonida bosh miya yarimsharlari funksional tashkil etilishidagi mana shu o‘ziga hoslikni xisobga olish esa bolaning bilish jarayonini jadallashtirishga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi.

Mazkur seminar-treningda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bolalarga ta'lim-tarbiya berishda ular nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi, bosh miya bo‘laklari va ularning kognitiv funksiyalari, bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining tarkibi va unda joylashgan markazlar, xotira va diqqat, bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanish omillari, bolalardagi shartsiz va shartli reflekslarning xususiyatlari, bolalarda oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni ta'lim-tarbiya jarayonida ushbu o‘ziga hosliklarni xisobga olish yo‘llari to‘g‘risida tushunchalar va metodik tavsiyalar berildi.

Tadibr interfaol tarzida o‘tkazilgan bo‘lib, unda eshituvchilar o‘zini qiziqtirgan savolga javob olidlar va kelgusi seminarlarda qatnashish istagini bildirdilar.

Fevzi ISTABLAEV,

FA Navoiy bo‘limining matubot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!