Oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida


Davlatimiz rahbari-Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev koronovirus infeksiyasining oldini olish, pandemiyaning fuqorolar turmush-tarzi va iqtisodiyotning turli tarmoqlariga va talablariga rioya qilinishi kerakligini sorab bir necha marotaba xalqqa murojaat qildilar. Oxirgi videoselektor majlislaridan birida Ozbekiston oz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ichki ehtiyojlarini toliq qondirish, daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun katta zaxiralar va imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidladilarMuhtaram Prezidentimiz, karantin choralariga rioya qilgan holda fermerlar, klasterlar va dehqonlar dalalarda, aholi esa, oz tomorqa yerlarida bahorgi ekin ishlarini davom ettirishlari zarurligini, aks holda ichki bozorda turgun narxlarni saqlab qolish mushkul bolishini uqtirdilar.

Fanlar akademiyasi Navoiy bolimi ham bu topshiriqlarga bolim raisi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Abdurazak Umirzakovich Mirzaev rahbarligida ozlarining munosib ulushlarini qoshib kelmoqda.

Jumladan, joriy yilning mart oyida FA Navoiy bo`limi olimlari tomonidan, A.Mirzaevning deputatlikka nomzodi qoyilgan Nurota tumani hududidagi 12 ta qishloq mahalliy yoshlar va ayollar bandligi muammosini hal etish, aholi daromadini oshirish maqsadida ularga moychechak (romashka), tirnoqgul (kolendula) kabi dorivor osimliklarning uruglarini yetkazib berdi. Urug‘larni tomorqa yerlariga ekish,  parvarish qilish tushuntirilib,  ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi. Bo‘lim tomonidan aholi bilan tuzilgan shartnoma asosida yetishtirilgan gullar sotib olinadi.

Joriy yilning 23-aprelida esa, Bo‘lim tomonidan 20 ta qishloq aholisiga beg‘araz yordam sifatida, tomorqa yerlarida yetishtirish uchun sifatli navli piyoz va sabzi urug‘lari, ularni ekish va yetishtirish yuzasidan tayyorlangan ilmiy qo`llanmalar bilan birgalikda yetkazib berildi. Bo‘lim tomonidan, barcha ekilgan o‘simliklar zararkunandalariga qarshi zarur bo‘lgan preparat dorilarni ham yetkazib berish rejalashtirilgan.

Tomorqalarni aylanish, urug‘larni tarqatish jarayonida, o‘z uylaridan chiqmasdan, karantin qoidalariga amal qilgan holda foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lib kelayotgan ko‘plab nurotaliklarni kuzatdik.  Hattoki, eski ota-bobolarimiz odaticha, ikki baquvvat ho‘kizga omoch taqib, yer shudgor qilayotgan er-xotinni ko‘rib, ham hayratlandik, ham ruhlandik. Bular barchasi xalqimizning har qanday qiyinchiliklarni bardosh, mehnat va sabr bilan yengib o‘ta olishining bir ko‘rinishi desak ham bo‘ladi. Faqat hoxish-istak bo‘lsa bas.

Eng achinarlisi shuki, “Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”, deganlaridek, deputatimizning vakillari joylarda ayrim tomorqa egalaringina emas, ayrim mahalla faollarining ham haligacha vaziyatga befarq qarashlarda ekanliklariga ham guvoh bo‘ldilar...

Muhimi, dorivor va sabzovot urug‘larini olgan barcha tomorqa egalari, bu kabi o‘tkinchi-qiyin vaziyatda aholiga bo`layotgan e'tibor ayni vaqtida ekanligini ta'kidladilar.

Shuningdek, ular faqatgina barchamiz birgalikda bo`lib harakat qilsak, koronovirus balosini tez orda yengib o‘tishimizni ta'kidladilar. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.

FA Navoiy bo‘limi

matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!