O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranturaga 2021 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha qabul e'lon qilinadi:


- 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya – 1 o‘rin;

- 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish – 2 o‘rin;

- 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi – 1 o‘rin.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga hamda muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ikkita ma'ruza-tezisga ega bo‘lish;

- xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

- mutaxassislik;

- chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til). Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar qabul komissiyasiga phd.mininnovation.uz onlayn platformasi orqali kerakli ma'lumotlarni to‘ldirib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi nomiga ariza;

- pasport nusxasi;

- qisqacha biografik ma'lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Hujjatlar 2020 yilning 15 oktyabrgacha qabul qilinadi. Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2020 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumotlar uchun tel: (79) 223-42-29.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!