Navoiy va Parij o‘rtasida ko‘prik
2023 yil 22 iyun kuni «Navoiy» Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» AJ bosh direktori Xabib Abdullayev hamrohligida Fransiya iste'fodagi ko‘ngillilar Bosh Assosiasiyasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Lyuk Solant O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga tashrif buyurdilar.
Yevropa mamlakatidan kelgan mehmonning aytishicha, ularning tashkiloti yoshiga qarab nafaqaga chiqqan, ammo hali baquvvat va mamlakatlar bo‘ylab yurishga hamda o‘z tajribasi va bilimlari bilan beg‘araz o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan turli sohalardagi mutaxassislardan iborat.
O‘z navbatida, Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev va rais o‘rinbosari Quvondiq Nurboyevlar Bo‘lim olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdilar. Xususan, Lyuk Solantni qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan tadqiqotlar, jumladan urug‘larni ekishdan oldin qobiqlashda va o‘simliklarni barglardan oziqlantirishda bentonitdan foydalanish usullari qiziqtirdi. Tushintirildiki, bentonitning sorbsion xususiyatlari urug‘larni stresssiz unib chiqishiga va o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojini qisman qoplashga imkon beradi.
Bundan tashqari, tomonlar Yevropadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda tayyorlash maqsadida konsalting markazini yaratish g‘oyasini muhokama qildilar. Ushbu rejani amalga oshirish mexanizmlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.