Navoiy bo‘limining hamkorlik doirasi: AQSh, RF va XXR


2023 yilning avgust oxiri - sentyabr boshlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi uchun xalqaro tadbirlarga boy bo‘ldi.

Jumladan, avval xabar qilinganimizdek, avgust oyi o‘rtalarida M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Michigan davlat universiteti Yer va atrof-muhit fanlari departamenti Seysmotektonika laboratoriyasi ilmiy xodimlari - katta tadqiqotchi muhandis Deniel Burk va dotsent Kevin Dj. Makkilar tashrif buyurishgan edilar. Bu yerda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev ham ishtirok etgan edi.

Unda tomonlar ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib olgan edilar. Ular 30 avgust kuni onlayn tarzda o‘tkazildi. Uchrashuv kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yuqorida qayd etilgan Michigan davlat universitetining ilmiy xodimlaridan tashqari Missisipi universiteti Geologiya va konchilik ishi fakul'teti olimlari va AQShning Geologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etdilar. Muzokaralar koordinatori Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining Atrof-muhit, fan, texnika va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xodimi Uil'yam Lengli bo‘ldi. A.Mirzayev ularni Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi faoliyati bilan tanishtirdi va AQShdan investisiyalarni jalb qilish maqsadida istiqbolli loyihalarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma korxona shaklida konsalting markazini yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Amerikalik hamkasblar bu g‘oya haqida o‘ylash va o‘z takliflarini tayyorlash uchun vaqt so‘rashdi.

31 avgustdan 1 sentyabrgacha Qozonda Tatariston neftgazkimyo forumi-2023 doirasida Tatariston Respublikasida neft qazib olishning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Rossiya neft va gaz kompaniyalarini zamonaviy sharoitda rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi “Mashinasozlik, asbobsozlik va avtomatlashtirish” bo‘limi mudiri Shahzod Umarov ham qatnashdi.

Tadbirda u “O‘zbekiston Respublikasida kosmogeologik tadqiqotlar o‘tkazishda geoaxborotni tizimlashtirish maqsadida “Integral geologiya” analitik modulining metodologik asoslari va qo‘llanilishi” mavzusida ma'ruza qildi. Forum doirasida “TNG-Grup” MChJ bilan ilmiy-ishlab chiqarish faoliyat bo‘yicha, shuningdek, neft va gaz sohasida konlarni o‘zlashtirish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha “Georesearch and Development Company” MChJ bilan muzokaralar olib borildi va ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

5 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidentlari, bosh ilmiy kotibi va ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari Xitoy Xalq Respublikasi Shan'dun provinsiyasi Fanlar Akademiyasining rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan uchrashdilar. Turli yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi Xitoyning “Shan'dun Fatun” ilmiy-tadqiqot instituti bilan pavlovniya plantasiyalarini yaratish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv imzolangan. Bo‘lim raisi A.Mirzayev ushbu hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

2023 yilning 9 sentyabr kuni Fanlar Akademiyasining Navoiy bo‘limiga Navoiy viloyatida ishlab chiqarish korxonasini tashkil etgan “Tionhe” XKsi bosh va ijrochi direktori Sjen' Xo Nan, logistika bilan shug‘ullanuvchi Xitoyning “Pomir” kompaniyasi rahbari Ma Uen Ban' tashrif buyurdilar. Ularga O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik koordinatori Vera Lyuy xonim hamrohlik qildi.

Xitoylik mehmonlar Navoiy bo‘limi faoliyati bilan tanishib, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga tashrif buyurishdi, shundan so‘ng hamkorlik bo‘yicha aniq takliflar tayyorlashga va'da berishdi.

Bundan tashqari, ilgari Xitoy Xalq Respublikasi ShUARning Fan va texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasi instituti, Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi, Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘limining Iqtisodiyot instituti va Pokiston geologik xizmati o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar bir-birlarini o‘z faoliyat sohalari bilan yaqindan tanishtirib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan chuqur fikr almashdilar. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, o‘zlarining resurslari va shartlariga tayanib, fan, ta'lim va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalashuvi bilan tavsiflangan texnologiyalarni uzatish va ilmiy-texnik yutuqlarni o‘zgartirish platformasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildilar.

Avgust oyida MDH mamlakatlari bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Guandun ittifoqining mutaxassislari bilan videoaloqa orqali muzokaralar o‘tkazilgan edi. Ushbu tashkilot 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, XXR Fan va texnika vazirligi va Guandong viloyatining fan va texnika departamenti ko‘magida ish olib boradi, Xitoyda MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni fan va texnika sohasida rivojlantirish bo‘yicha eng yirik tashkilot hisoblanadi. Hozirda Xitoyning turli shaharlarida Ittifoqning filiallari mavjud. Ushbu tuzilma Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari makonida ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha loyihalarda ham faol ishtirok etib, boshqacha aytganda, bu Xitoy va “Bir kamar, bir yo‘l” mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy tuguni bo‘lib kelmoqdadir.

Ittifoq yangi materiallarni ishlab chiqarish, bio- va axborot texnologiyalari, shuningdek asbobsozlik sohasidagi loyihalarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratadi. Bundan tashqari, tashkilot investorlarga istiqbolli loyihalarni topishda yordam beradi.

Bir oy davomida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan muzokaralar va fikr almashish natijasida Guandun ittifoqi va Navoiy bo‘limi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Hujjatda ilmiy, ta'lim va texnik sohalardagi yaqin hamkorlikdan tashqari, tomonlar Xitoydan investitsiyalar oqimini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy axborot-tahlil markazini yaratishda faol ishtirok etayotganlari nazarda tutilgan. Markaz O‘zbekistonda joylashishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning xodimlari ma'lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi hamda konchilik va foydali qazilmalarini boyitish sanoati sohalarida hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan Xitoyning manfaatdor korxonalariga taqdim etadilar. Shu bilan birga, markaz manfaatlari Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va Xitoyni qamrab olishi mumkin. Markaz potensial investorlar uchun foydali ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan ma'lumotlar bazasini yaratishi mumkin.

Shu bilan birga, joriy yilning sentyabr oyida Navoiy bolimi rahbariyati va ilmiy xodimlarining Tojikiston, Qozogiston va Bolgariyaga turli sohalarda tajriba almashish maqsadida safarlari rejalashtirilgan.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!