Navoiy bo‘limi o‘z ishlanmalarini yarmarkada namoyish etdi
2021 yilning 29-30 iyun kunlari Andijon shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi ham o‘z ishlanmalari bilan qatnashdi.
Misol uchun, mahalliy xom ashyo bo‘lgan Vaush koni dolomitlaridan olingan import o‘rnini bosuvchi magniy oksidi (magnezit) namunasi namoyish etildi. Magniy oksidi olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda asosiy komponent hisoblanadi. Tadbir ishtirokchilari ichidan ayollarni ushbu noma'dan foydali qazilmadan olingan boshqa mahsulot ham qiziqtirdi. Bu termik ishlov berilgan boyitilgan dolomit va kaolin aralashmasidan tashkil topgan kukun. Ushbu kukun xom ashyo sifatida pardoz upasini tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Quruvchi kompaniyalarning e'tiborini qurilish va shisha sanoatida xom ashyo sifatida keng foydalaniladigan Navoiy viloyati Navbahor tumani Yangi Vaush koni kvars qumlari namunalari tortdi. Yog‘-moy tarmoqi vakillarini esa - yog‘larni tozalash va oqartirishda foydalanish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan ushbu kondan qazib olingan bentonit gillari kukuni. Shuni ta'kidlash joizki, bentonit namlikni shimib olib saqlaydigan sorbent hisoblanadi. Uning ushbu xususiyati qishloq xo‘jaliki ekinlarining urug‘larini, ayniqsa chigitni, bentonit kukuni bilan qobiqlab ekish texnologiyasini Bo‘lim tomonidan yaratishga asos bo‘ldi. Ushbu konning bentonitini neft-gaz quduqlarini burg‘ulashda faol yuvuvchi suyuqliklar sifatida foydalanish ham mumkin.
Bundan tashqari, Bo‘lim olimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya yordamida Toshqazgan koni ma'danidan olingan elektrotexnika, metallurgiya va kimyo sanoatida foydalanishga yaroqli bo‘lgan grafit namunalari taqdim etildi. Ishtirokchilarni Bo‘lim yosh olimlari tomonidan qo‘lbola usulida tayyorlangan yozuv qalamlari qiziqish o‘yg‘otdi. Ularning sterjenlari yuqorida aytib o‘tilgan Toshqazgan konidan qazib olinib, boyitilgan va presslangan grafitdan tayyorlangan. Ushbu vazifani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev 2021 yil 26 aprel kuni Navoiy bo‘limiga tashrif bo‘yurib, doktorant va ish o‘rganuvchi-tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari bilan tanishgan payti bergan edilar.
Tadbir so‘ngida tantanali ravishda yarmarkada faol ishtiroki uchun FA Navoiy bo‘limi jamoasi Andijon viloyati hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Shuni ta'kidlash joiz-ki, mazkur yorliqni 780 ishtirok etgan tashkilotlardan bor yo‘g‘i 10tasi oldi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.