Navoiy bo‘limi doktorantining dissertasiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi 2


2021 yil 19 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi va Navoiy davlat konchilik institutining qo‘shma seminarida Bo‘lim tayanch doktoranti Navruzbek Xurramovning “Kuydirilmagan Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ekstraksion fosfor kislotasi olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.13 - “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Kengaytirilgan qo‘shma seminar doirasida dissertasiya muhokamasida Bo‘lim va NDKIdan 30ga yaqin professor-o‘qituvchiliar, olimlar va tayanch doktorantlari ishtirok etishdi.

Dissertasiya ishi bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblangan fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun asosiy yarim mahsulot ekstraksion fosfor kislotasini kuydirilmay yuvib quritilgan Markaziy Qizilqum fosforitlardan olishga qaratilgan. Dissertant N.Xurramov tadqiqotlarni olib borishda asosiy ishni ekstraksion fosfor kislotasi olishdagi texnlogik jarayonlarni optimal sharoitlarini aniqlashga e'tibor bergan. Taqdimot davomida past navli fosforitlardan toza dikalsiy fosfat tuzini ajratib olinganligi keltirib o‘tildi.

Dissertasiya ishiga berilgan taqrizlarda ko‘rsatilgan kamchilik va takliflarga yetarli darajada javob berildi. Taqrizchilardan Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi rais o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev tomonidan ishni dolzarbligi, amaliy ahamiyati va yangiliklari bugungi kundagi OAK talablariga javob berishini ta'kidlab, ishni keyingi bosqichga taqdim etishga barchani chorladi. Shuningdek Q.Nurboyev Navoiy davlat konchilik instituti va Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi o‘rtasida ilmiy aloqalarni mustahkamlash zarurligini ta'kidladi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!