Munosib mukofot bilan tabriklaymiz!


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, adabiyot, madaniyat, san'at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhi Yurtboshimizning 2020 yil 27 avgustdagi farmoniga asosan davlat mukofatlari bilan taqdirlandi. Ularning ichida Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor A.U.Mirzayev ham bor.

 

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma'naviyatini yuksaltirish hamda ta'lim sohasini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-ma'naviy barqarorligini ta'minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun Abdurazzoq Umrzoqovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Navoiy bo‘limi jamoasi hurmatli ustozni davlat mukofoti bilan chin yurakdan tabriklab, kelgusi mehnat faoliyatida undan ham yuqori muvafaqqiyatlarga erishishni va yangi zafarlar qozonishni tilaydi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!