Mikrokal'sit ishlab chiqarish bo‘yicha sex ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar asosida xususiy korxonalarda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, kuni kecha Navoiy viloyati Karmana tumanida “Ishlab chiqarish sanoati korxonalari uchun keng qo‘llaniladigan (mikrokal'sit) maydalangan marmar kukunini innovatsion usulida ishlab chiqarish” innovatsion loyihasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha “Noma’dan minerallari” MChJ bilan birgalikda bevosita Navoiy bo‘limi “Geologiya, qazib olish, qimmatbaho, rangli metallarni va uranni qayta ishlash” tarkibiy bo‘limi mudiri Sherzod Sharipov rahbarligida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 3,2 mlrd so‘m bo‘lib, shundan – 1 190 mln. so‘mi – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tomonidan ajratilgan grand mablag‘laridir.
Yillik quvvati 6 ming tonna bo‘lgan innovatsion korxonani tashkil qilinishidan maqsad, maxalliy tabiiy karbonat tog‘ jinslari va tarkibi karbonat kal'siyga boy sanoat chiqindilarini utilizasiya qilib, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘ta sof toza darajaga keltirish va o‘ta yuqori maydalik darajasiga (kukunli holga) kelguncha qayta ishlab, arzon va yuqori sifatli mikrokal'sit ishlab chiqarishni yo‘lga kuyishdan iboratdir.
Mikrokal'sit qurilish materiallari, plastiklar va polimerlar, rezina mahsulotlari, keramika va shisha ishlab chiqarishda, bo‘yoq va laklar, qog‘oz, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, neft' va gaz sanoatida keng ishlatiladi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.