Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi geologiya sohasidagi hamkorlik poydevori
Bir-ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi yosh geologlari va doktorantlari foydali qazilmalarning bashoratlangan va aniq bo‘lgan zaxiralari ko‘rsatilgan interaktiv xaritalalar hamda yangilangan ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta Osiyo geologiyasi” ilmiy risolasini tayyorlash taklifi bilan rahbariyatga chiqdilar. Biroq ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun Markaziy Osiyoning beshta qardosh respublikalari ham sa'y-harakatlari kerak. Qo‘shni mamlakatlarning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan allaqachon muzokaralar olib borilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, ushbu va boshqa sohalardagi birinchi hamkorlik memorandumini Navoiy bo‘limi joriy yilning 27 sentyabr kuni Tojikiston Fanlar akademiyasining Geologiya, zilzilalarga chidamli qurilish va seysmologiya instituti bilan imzoladi.
Huddi shunday memorandum 6-noyabr kuni Navoiy bo‘limi Qirg‘iziston Respublikasi Milliy akademiyasi M.M.Adashev nomidagi Geologiya instituti bilan imzoladi. Hujjatda tomonlar foydali qazilmalarni qidirish va o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya, energiya tejamkorlik va ekologiya sohalarida innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari ta'kidlangan. Tadqiqot va ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy faoliyat sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan.
Kozog‘iston Respublikasining “K.I.Satpaev nomidagi Geologiya fanlari instituti” mas'uliyati cheklangan sherikchiligi bilan ham muzokaralar boshlandi. Bundan tashqari Turkmaniston Respublikasidan hamkorlar topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Kelgusi yilda, karantin tugaganidan so‘ng, barcha beshta qo‘shni respublikalardan taniqli geologlar va ittifoqdosh kasb olimlarini jalb qilgan holda ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, keyingi harakatlar rejasini muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Qo‘yilgan vazifani bajarilishi xalqaro loyihani tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Uni amalga oshirish geologiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarishga va potensial investorlarning istiqbolli foydali qazilma konlarini o‘zlashtirishga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, “Rosgeologiya” AJ bilan samarali ishlar olib borilmoqda. Bo‘lim ushbu Rossiya aksiyachdorlik jamiyati bilan shu yilning 15 oktyabrida maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.
Fevzi ISTABLAEV,
FA Navoiy bo‘limining matbuot kotibi.