Maqsad – Prezident qarori ijrosini ta’minlash
2024-yilning 12-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-430-sonli qarori imzolangan edi. Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida mazkur qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda Navoiy bo‘limi yosh geolog mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatidagi “Karmaninskoye” (1984) obyektida bo‘lib, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda bentonitga istiqbolli maydonlarda geologik tadqiqot ishlarini olib bordi. Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — geologik tadqiqotlarni chuqurlashtirish, mineral xomashyo bazasini kengaytirish va sohaning innovatsion rivojiga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Shuningdek, Karmana tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda yangi qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus geologiya sohasining jadal rivojlanishiga xizmat qilishi, shuningdek, noruda foydali qazilmalar sohasida xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.