“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!”


Ushbu shior ostida 2023 yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi binosida Bo‘lim raisi o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev boshchiligida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Bo‘limning barcha ilmiy va texnik xodimlari, doktorant va stajyor-tadqiqotchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida, biz Yangi O‘zbekistonda yashamoqdamiz va O‘zbekistondagi taraqqiyotga hamnafas bo‘lish uchun Konstitutsiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish – davr talabi ekanligi ta'kidlandi. Jumladan, o‘z ma'ruzalari bilan qatnashgan ishtirokchilar quyidagi fikrlarini bildirishdilar:

So‘nggi yillarda iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e'tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining Konstitutsiyaviy himoyasini ta'minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklarni Konstitutsiyaga muhrlab qo‘yilishi talab etilmoqda.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “uzluksiz ta'lim tizimi” degan tushunchasi kiritilgan bo‘lib, bunda maktabgacha ta'limdan boshlab oliy ta'limgacha bo‘lgan davr qamrab olingan. Misol uchun, 51-moddasida “Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli. Oliy ta'lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yildi.

Bu mutlaqo yangicha yondashuv. Bugungi kunda yoshlarimiz imtihondan o‘tish uchun bir emas, beshta oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarni topshirish imkoniyatiga ega. Bakalavr hamda magistraturaga kvotalar yildan yilga ortib bormoqda. Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratilmoqda. Bularning barchasi yangi Konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan.

Bundan tashqari, yangi taxrirdagi 53-moddada “Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi” deb belgilandi. Bu bilan har bir fuqaroning yaratgan ihtirosi, foydali modeli, asari va boshqalari Asosiy Qomusimiz tomonidan himoya qilinadi deganidir.

Tadbir yakunida Q.Nurboyev ishtirokchilarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda qatnashib, o‘z fuqarolik pozisiyasini nomoyon etishlarini hamda ertangi kunga befarq bo‘lmasliklari uchun faol bo‘lishga chorlab qoldi.

                                                                                                        FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!