Kasaba uyushmasining ishi qoniqarli


2022 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bo‘lim kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-2022 yillar davomida amalga oshirgan faoliyati hamda 2020-2022 yillarga mo‘ljallanib tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yakunlari to‘g‘risida hisobot eshittirildi va qo‘mitaning ishi qoniqarli deb topildi.

Bundan tashqari, 2023-2026 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasi qo‘shimcha va o‘zgarishlari bilan muhokama qilinib, tasdiqlandi hamda ushbu jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi komissiyasi saylandi.

Shuningdek, FA Navoiy bo‘limi Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Bo‘limning kadrlar bo‘yicha inspektori S.Murodova bir ovozdan yana uch yilga qayta saylandi. Bo‘lim rahbariyati va xodimlari kasaba uyushmasiga va uning raisi S.Murodovaga bajarilgan ishlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, navbatdagi saylovgacha xodimlarning huquqlarini himoya qilishda kuch-quvvat hamda faoliyatlariga omad tiladilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!