Karyerlarda xavfsizlik masalalari


    2025 yil 22 aprel kuni Navoiy bo‘limi va Xitoy Xalq Respublikasining Chendu texnologik universiteti o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Suhbat mavzusi - tomonlar o‘rtasida avval imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish, ya'ni «Karyer qiyaliklarida geologik ofatlarni intellektual monitoring qish va eta ogohlantirish texnologiyalarini kompleks o‘rganish» loyihasini hayotga tatbiq etish bo‘ldi.

    Ochiq kon ishlari olib boriladigan karyerlarda qiyaliklarning barqarorligi nafaqat texnik, balki xavfsizlik masalasidir. Xavfni o‘z vaqtida aniqlash uchun bugungi kunda yerga ko‘miladigan sezgir mikroseysmik datchiklar va sun'iy intellekt asosida ishlovchi monitoring tizimlari qo‘llanilmoqda.

   Bunday yondashuv eng kichik harakatlarni ham qayd etish, shuningdek, ehtimoliy ko‘chishlar va qulashlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi, chunki bitta yoriq katta ko‘chkiga sabab bo‘lishi mumkin — bu esa insonlar, texnika va butun ishlab chiqarish zanjiri uchun xavf tug‘diradi.

    Yomg‘ir yog‘inlari, suv bilan yuvilishlar, portlashlardan kelib chiqadigan vibratsiyalar va hatto issiqlik ham xavf manbai bo‘lishi mumkin. Shuning uchun monitoring nafaqat texnologiya, balki yangi avlod kon xavfsizligining ajralmas qismi hisoblanadi.

       Bunday uskunalar Chendu texnologik universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ilmiy-texnik hamkorlik doirasida bu texnologiyani nafaqat Xitoyda, balki qadimda Buyuk ipak yo‘li o‘tgan davlatlarda ham sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbusni «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ mutaxassislari ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdilar.

      

     Muzokaralar davomida tomonlar Chendu texnologik universiteti vakillari may oyi ikkinchi yarmida O‘zbekistonga kelishi va Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev boshchiligidagi olimlar bilan birgalikda OGMKga tashrif buyurib, uskunani kombinat karyerlaridan birida o‘rnatish ishlarini olib borishga kelishib oldilar. Bu esa real vaqt rejimida seysmologik ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu ma'lumotlar asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shu kabi uskuna Qirg‘iziston Respublikasidagi konlardan birida ham o‘rnatiladi.

Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!