Ixtirochi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limida ixtirochilar va rasionalizatorlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida patentlarga ega bir nechta ixtiro va foydali modellar muallifi bo‘lgan klub rahbari Sergey Pochtoviy o‘zining ixtirochilik tajribasini yosh rasionalizatorlar bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, u qanday qilib statik usulda shisha qumi ishlab chiqarish maqsadida kvars qumlarini pulsasion kolonnada boyitishning nnovasion usulni ishlab chiqqanligini gapirib berdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda innovasiya takliflari, ixtirolar va “nou-xau” o‘rtasidagi farqlar hamda intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, S.Pochtoviy ilmiy tadqiqotlar davomida doktorlik dissertasiyalarini tayyorlash uchun ilmiy darajaga da'vogarlar ishlab chiqarishda uchraydigan turli xil texnik, texnologik va ekologik muammolarni hal qilishda innovasion takliflar taqdim etishlari kerakligini, bu esa aslida rasionalizatorlik hisoblanishini tushuntirdi. Shunday qilib, innovasion taklif - bu uskunalar, materiallar va ishchi kuchidan yanada samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish jarayonini yaxshilaydigan, ammo ishlab chiqarishning kunstruksiya yoki texnologik jarayonlariga sezilarli o‘zgartirtirish kiritmaydigan ishlab chiqarish va texnik xarakterdagi taklifdir.

Ixtirochilik faoliyati - texnik ijodkorlikning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Ushbu faoliyatning uchta turi mavjud: ixtiro, foydali model' va sanoat namunasi. Ular sanoat mulki ob'ektlari hisoblanadi.

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Sanoat mulki ob'ektiga egalik huquqi muallifga (hammualliflarga) yoki uning huquqiy vorisiga tegishli bo‘lib, patent bilan tasdiqlanadi. Bunday ob'ektlarga patent berish uchun arizalarni O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi qabul qiladi.

“Nou-xau” iborasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “qandayligini bilaman” – (ishlab chiqarish sirlarini) ma'nosini bildiradi. Bu maxfiy formula, qurilma, usul yoki amallarni bajarish usuli va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha “nou-xau” rasionalizatorlik taklifining xarakter va xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Ba'zan ayrim innovasiyalarni amalga oshirishda ob'ekt funksiyalarni bajara olmaydigan holatlar yuzaga keladi va keyinchalik, jarayonning konstruksiya yoki parametrlarining biroz o‘zgarishi kutilmagan natija beradi. Muallif o‘z taklifining mohiyatini sir tutishga haqli bo‘ladi va "nou-xau"formulasi hamda maxfiy ma'lumotlardan foydalanish huquqini talabgor korxonaga o‘tkazish bo‘yicha ular bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlari tinglagan ma'lumotlar yuzasidan fikr almashdilar.

FA navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!