Ishbilarmonlar uchun platforma


O‘zbekistonda innovatsion va sanoat yarmarkalari va ko‘rgazmalari muntazam o‘tkazilib, ularda turli korxonalarning ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlari olimlari, xodimlari o‘z ishlanmalari va mahsulotlarini iste'molchilarga taqdim etishlari mumkin. Bu tomonlar o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatish va shartnomalar tuzish uchun samarali platformadir. Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi xodimlari bu kabi tadbirlarni koldirmaslikka harakat qiladilar va har safar yangi mahsulot taqdim etadilar.

Shunday qilib, ular 2022-yil 3-4-mart kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, 11-12-mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Innovatsion ishlanmalarning Bahorgi tijoratlashtirish forumida, bugun esa Guliston shahridagi “Made in Uzbekistan” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Xususan, Navoiy bo‘limi tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar orasida Vaush konidan olingan noruda foydali qazilmalar – qurilish ehtiyojlari uchun boyitilgan kvars qumi va dala sharoiti sinovlarida qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini qobiqlab ekishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan bentonit gillari. Bundan tashqari, xuddi shu kondagi dolomitdan olingan magnezit, shuningdek, Toshqazgan koni boyitilgan grafitidan olingan mahsulotlar.

Vermikulitdan tayyorlangan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmalarga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu borada Navoiy bo‘limi imzolangan memorandum asosida “Triumf Gornyak” MChJ bilan hamkorlik olib bormoqda. Vermikulit noorganik tuproqni yaxshilovchi moddalar guruhiga kiradi. Shularni hisobga olib, qishloq xo‘jaligi ekinlari ko‘chatlari uchun ushbu mineraldan idish(stakanchik)lar tayyorlanib, hozirda dala sinovidan o‘tkazilmoqda. Bu idishlarga o‘simlik urug‘larini ekish mumkin. Unib chiqqandan so‘ng, o‘simliklar idishlarda dalaga ko‘chiriladi. Vermikulitli idishlar vaqt o‘tishi bilan yerda ozuqa moddalarini hosil qilish uchun parchalanadi. Shu bilan birga, vermikulit isitish moslamalarini yuqori haroratli issiqlik izolyasiyasi uchun sanoat qurilishida ishlatiladigan issiqlikka bardoshli plitalar ishlab chiqarish uchun juda mos keladi. Bunday mahsulotlar namunalari Bo‘lim tomonidan namoyish etilayotgan ekspozisiyalar ro‘yxatida ham o‘z o‘rnini topdi.

Har bir tadbirda tashkilotichilar tomonidan Bo‘lim faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!