Ilm sarchashmasida yana bir ayol


2021 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti Lola Saidova 04.00.10 – “Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish)” ixtisosligi bo‘yicha “Chuqur kar'yerlarni yanada rivojlantirishda kon massani tashishning maqbul texnologik sxemasini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi. Shu bilan birga u nafaqat Bo‘limining birinchi falsafa doktori, balki yosh olimalari ichida ham birinchilardan dissertasiyasini himoya qilgan ayol bo‘lib FA Navoiy bo‘limi tarixida iz qoldirdi.

Uning tadqiqotning maqsadi chuqur kar'yerlarning quyi hududida og‘ir yuk tashuvchi avtosamosvallar yordamida kon massasini tashishning maqbul texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat edi.

Tadqiqot davomida L.Saidova tomonidan quyidagi ishlar bajarildi. Avtosamosvallarning ish samaradorligi yo‘lning qiyaligi, transportning o‘rtacha tezligi hamda kar'yer avtomobil transportini rejalashtirish kabi omillarni inobatga olgan holda texnologik transport ishining matematik modeli ishlab chiqildi. Avtotransportning umumiy hajmiga ta'sir qiluvchi, bu esa o‘z navbatida chuqur kar'yer va qazib olinadigan kon massasining hajmiga ta'sir qiluvchi transport bermasining kenglik parametrlari aniqlandi. Ekskavator-avtomobil kompleksini texnik qayta jihozlashda 180-220 tonnali yuk ko‘tarish quvvatiga ega avtosamosvallar o‘tish va joriy etish ishlari chuqurligini oshirib, uni boshqarish tizimi takomillashtirildi. Chuqur kar'yer gorizontlarida og‘ir yuk ko‘taruvchi avtosamosvallardan foydalangan holda kon massasini tashishning texnologik sxemalarini qo‘llashning maqbul sohasi aniqlandi.

Shuni ta'kidlash joizki, L.Saidovaning doktorlik ishi NKMKning chuqur Muruntau kar'yerida amalaliyotga tadbiq etildi.

Ilmiy kengashning barcha a'zolari L.Saidovaga texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bir ovozdan ma'qulladilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!