Ilf-fan adabiyotlar tahlilidan boshlanadi
Ma'lumki, O‘zbekistonda 2020 yil “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb ye'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Yoshlar bizning kelajagimiz” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi rahbariyati tomonidan bo‘lim ish o‘rganuvchi-tadqiqotchilari va doktorantlari uchun ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini optimallashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Bo‘lim raisi o‘rinbosari K.Nurboev va ilmiy kotibi D.Gulyamovlar ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘zlarining shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu borada adabiyotlar tahlilining ahamiyati juda katta ekanligini ta'kidladilar. Bu yo‘nalishda to‘g‘ri tashkil etilgan ishlar nafaqat aniqlangan muammoni bir necha usullar bilan hal etish variantlarini ko‘rib chiqish, balki oldingi ishlarni tanqidiy, ammo xolisona tahlil qilish imkonini berishini aytib o‘tdilar. Ular xorijiy va mahalliy mualliflarning ilmiy-texnik adabiyotlar, monografiyalar, dissertasiyalar, qo‘lyozmalar va maqolalarini o‘rganib borishlarida yangi materiallarga tayanishlarini maslahat berdilar.
Seminarda ilmiy maqolalar yozish masalasi ham ko‘tarildi. Ilmiy ish olib borishda avvalambor vazifalarni belgilab olinishi, uni yechish variantlari ko‘rib chiqilishi, tajriba va tadqiqot natijalari keltirilishi va ular asosida xulosalar qilinishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlandi.
Dissertasiyalar, ilmiy maqola va tezislarda plagiat mavzusi qizg‘in muhokamaga aylandi va uning ma'naviy-huquqiy jihatlari muhokama qilindi. Muhokamada “o‘zga fikrlar”dan adabiyotlar chuqur o‘rganilganligini isbotlash uchun ishlatilishi mumkin, ammo har bir olingan jumlaga havola keltirilishi shart, aks holda u “qora” plagiatga tengdir degan fikrga kelindi.
Seminar yakunida rahbariyat tomonidan yoshlarning qobiliyatlariga ishonch bildirildi. Bundan ilhomlangan yoshlar yanada ko‘proq g‘ayrat bilan ishlashga qaror qilishdi.
Fevzi ISTABLAEV,
Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.