Pedagogik diagnostika bo‘yicha o‘quv qo‘llanma chop etildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari va Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli dasrlik tayyorlab, chop etdilar.
Kitobning mualliflari – Bo‘limning ilmiy kotibi Djaxangir Gulyamov hamda NDPI o‘qituvchilari Dil'fuza Murodova, Raximjon Begmatov va Djasur Rasulovlar.
Mazkur darslik o‘rta umuma'lim maktablarida o‘quvchilarga ta'limtarbiya berish jarayonida pedagogni diagnostika va korreksiya faoliyatining maqsadi, vazifalari, mazmuni, o‘quvchilarning yosh jihatlarini hisobga olgan holda uni tashkil etishning umumiy va maxsus tamoyillari, shakllari va metodlari, ularda ma'naviy-axloqiy va ijtimoiy sifatlarning tarbiyalanganligi darajalarini aniqlash hamda korreksiya qilishning yo‘llari va vositalari havola etilgan.
Darslik 110000 – Pedagogika ta'lim sohasining M 5A 110901 – “Pedagogika nazariyasi va tarixi” mutaxacsisligi bo‘yicha magistratura bosqichi talabalari “Pedagogik diagnostika va korreksiya” fanini o‘qishda foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
Shuni ta'kidlash joiz-ki, ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 6011070 – Fizika va astronomiya ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan.
Darslikni elektron shaklda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining rasmiy telegram-kanaliga obuna bo‘lib, https://t.me/academynav havolasi orqali yuklab olish mumkin.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.