HАR TOMONLАMА FOYDАLI TАNDEM
Maʼlumki, 2018 yil 14 iyulda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu tijoratlashtirishning asosiy usulluridan biri, bu tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning taʼsischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obʼekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa hisoblanadi. Mazkur yoʼnalish boʼyicha Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.
Masalan, joriy yilning 16 sentyabr kuni “Zarafshon Golden Group” MChJ bilan Boʼlim oʼrtasida ilmiy-ishlab chiqarish, tadqiqot, tadbirkorlik hamda oʼquv metodik yoʼnalishlardagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu jamiyat muvaffaqiyatli tadbirkorlik subʼekti boʼlib, Navoiy viloyatida koʼp xonalik xonadonlar ham qurib kelmoqda.
Shuning uchun ham Navoiy boʼlimining patentlari mavjud boʼlgan kvarts qumlarini pulьsatsion kolonnalar yordamida boyitish hamda vakuum sharoitida fosfogips qurilish materiallarini ishlab chiqarish mavzularida innovatsion ishlanmalariga “Zarafshon Golden Group” MChJ katta qiziqish bildirdi. Xozirgi kunda mazkur jamiyat bilan kelishuvlar imzolash haqida muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Navoiy boʼlimning raisi А.Mirzaev 17-19 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi chogʼida olib borilgan konstruktiv muzokaralar natijasida “Tianye” Xitoy suv tejash kompaniyasi tomonidan yaqinda ikkita taklif yuborilgani maqsadga muvofiq boʼldi. Ushbu takliflar Boʼlim bilan Navoiy viloyatida 350 gektar maydonda “aqilli” qishloq xoʼjaligi parkini hamda tomchilab sugʼorish ishlab chiqarish liniyasini barpo etish kabi loyixalarni oʼz ichiga olgan. Mazkur kompaniya vakillari loyihalarni ikki tomonlama muhokamalarda ShHTda aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari navbatdagi yigʼilishi zamirida taqdimot qilmoqchilar.
Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlardan tashkil topgan delegatsiya joriy yilning 5-9 sentyabr kunlari Qirgʼizistonda ikki davlat Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilari Qirgʼiziston Respublikasining “Social Tree” jamoa birlashmasi kompaniyasining pavlovniya plantatsiyasiga tashrif buyurishdi hamda Nurota tumanida ham ushbu pavlovniya oʼsimligina yetishtirish plantatsiyasini tashkil etish haqida kelishildi.
Joriy 16 sentyabrida esa “Social Tree” kompaniyasidan Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi raisi А.Mirzaevga nomiga 19-23 sentyabr kunlari Bishkek shahriga yuqorida aytilgan masala boʼyicha tashrif buyurishi uchun taklif keldi.
Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonini jadalashtirish yoʼlida har tomonlama foydali hamkorlikka tayyor. Yuqorida aytilganlar buning yorqin isboti.