Hamkorliklar amalda


Аvval xabar beganimizdek, Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi bilan «Zarafshan Golden Group»” oʼrtasida hamkorlik Memarandumi imzolangan edi. Ushbu jamiyat Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalariga tegirmonlar uchun temir sharlar hamda boshqa qattiq jinslarni maydalash uchun detallar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish maqsadidagi qoʼshma korxonani tashkil etish xalqaro loyihasida Oʼzbekiston tomonidan ishtirok etmoqda.
Navoiy shahriga Xitoyning «Ninguoy yemirilishga bardoshli materiallar zavodi» MChJ mutaxassislaridan va ushbu kompaniyaning Tojikistonda samarali faoliyat yuritayotgan qoʼshma korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya loyihani amalga oshirishni muhokama qilish maqsadida kelishdi.
Xorijiy mehmonlar avval Viloyat hokimi bilan uchrashib, soʼngra «Zarafshan Golden Group» rahbariyati bilan hamrohlikda Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimiga tashrif buyurishdi. Boʼlimda ularga boʼlim ilmiy-tadqiqot faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi. Oʼz navbatida xitoylik tadbirkorlar hududdagi foydali qazilma boyliklarini izlab topishga va ularga mablagʼ kiritishga tayyorligini bayon qilishdi.

Muhokama ishtirokchilari oʼzaro fikr almasharkan, yirik xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda ilmiy yondoshuv va innovatsion texnologiyalarni qullashning ahamiyati katta ekanligini taʼqidlashdi. Xalqaro uchrashuv uch tomonlama kelishuv bilan yakunlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!