Hamkorlik istiqbollari: havodan ichimlik suvi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga Rossiyaning “Akvadjenika” MChJ direktori Sergey Dorjiyev tashrif buyurdi.
Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev mehmonni Bo‘lim ilmiy xodimlari va doktorantlari tomonidan o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, samarali muzokaralarda Navoiy bo‘limi raisining o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev va ilmiy kotibi Djaxangir Gulyamovlar ham qatnashdilar.
Sergey Dorjiyev ularning kompaniyasi atmosfer namlikni aylanish effekti va havo oqimi haroratini ajratish orqali ekstragirlash uskunalarini ishlab chiqish va takomillashtirish ustida ishlayotganini aytib o‘tdi. Ishchi prototiplar mavjud bo‘lib, ular Rossiya va Afrika davlatlarida sinovdan o‘tkazilgan, ammo natijani mustahkamlash uchun ularni quruq va issiq iqlimda sinovdan o‘tkazish zarur, bu bilan birga ilmiy hamrohlik talab qilinadi. Navoiy viloyati va Qizilqum cho‘li hududlari bu maqsadlar uchun mos keladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv resurslarini tejash va oqilona foydalanish masalasi bugungi kunda juda dolzarb ekanini hisobga olsak, bu sohadagi hamkorlik juda istiqbolli hisoblanadi.
Tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Kelajakda mahalliy idoralar va xalqaro tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan tanlovlarda ishtirok etish uchun qo‘shma loyihani tayyorlashga kelishib oldilar. Loyiha tijoratlashirishga yo‘naltirilgan emas, balki ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega va dolzarb bo‘ladi. Ushbu ishga xo‘jalik shartnoma asosida Bo‘limning ilmiy xodimlari va doktorantlari jalb qilinadi, ular loyihaga ilmiy hamrohlik qiladilar.
Bugungi kunda “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi hududida atmosfer namlikni ekstragirlash uskunasi o‘rnatilmoqda. Uni iyul oyida ishga tushirish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Bo‘lim xodimlari mahalliy iqlim va ob-havo sharoiti uskunaning ishiga qanday ta'sir qilishi haqidagi ma'lumotlarni to‘playdilar va tahlil qiladilar va kerak bo‘lganda texnologiyani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadilar.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov joriy yil may oyida Bo‘limning ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga tashrifi va uning rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbat chog‘ida yangi ishlanmalarning prototiplarini yaratish maqsadida texnologik Bo‘limning tajriba-sanoat sexini tashkil etish uchun usti yopiq bino ajratishda ko‘maklashishini aytib o‘tgan edi. Shuningdek, bu yerda havodan suv olish uchun uskunalar yig‘ishni tashkil qilish mumkin bo‘ladi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, “Akvadjenika” MChJ xodimlari avtonom quyosh sovutish moslamasi, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh modullari va shamol turbinalarini ham ishlab chiqqanlar. Kelgusida bu sohalarda ham hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tomonlar mintaqa uchun aktual bo‘lgan “Qurg‘oqchil zonalarda raqamli yaylov chorvachilik infratuzilmasi” loyihasi ustida birgalikda ishlashga kelishib oldilar.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.