HAMKORLIK ISTIQBOLLARI


Fanlar akademiyasi prezidiumida “Xitoy-Markaziy Osiyo industrial rivojlanishida yangi energetika Al'yansi” rahbari professor Sun' Chjenszyun' boshchiligidagi Xitoyning bir guruh olimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Fanlar akademiyasi tomonidan Akademiya prezidenti Bexzod Yuldashev boshchiligida Akademiya vitse-prezidentlari B.Ibragimov, S.Mirzayev, akademik S.Bahramov, Navoiy bo‘lim raisi A.Mirzayev va qator ITIlari direktorlari qatnashishdilar.

Ushbu Al'yansning Xitoydagi 50ga yaqin kompaniyalar va tadbirkorlik sub'yektlarini hamda 5ta universitetlar va 4ta ITIlari olimlarini birlashtirgan holda geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, foydali qazilmalarni boyitish, mashinasozlik, al'ternativ qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritishi janob Sun' tomonidan ta'kidlab o‘tildi.

Xitoylik olimlarda FA Materialshunoslik instituti, Yadro fizika instituti hamda Navoiy bo‘limida olib borilayotgan tadqiqotlar katta qiziqish uyg‘otdi va tomonlar o‘zaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!