Geologlar Oqtosh maydonini tadqiq qildilar


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirrsh bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida geologiya yo‘nalishida olimlar va soha mutaxassislariga bir qator topshiriqlar yuklatilgan.

      Jumladan, qaror doirasida Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi va tegishli oliy o‘quv yurtlari tajribali olimlari va geologlaridan iborat mutaxassislar guruhi viloyatning turli tuman va shaharlariga bir yil muddatga safarbar etildi. Ularning asosiy vazifasi - hududlarda geologik tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, mineral xomashyo bazasini kengaytirish hamda sohaning innovatsion rivojiga hissa qo‘shishdan iboratdir.

       Navoiy bo‘limining geologiya va konchilik ishi sohalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlari va doktorantlaridan iborat kichik ishchi guruh muntazam ravishda joylarga chiqib, geologik tadqiqotlar olib bormokda.

      Bu safar 16 mart kuni mazkur guruh a'zolari Navbahor tumanida joylashgan Oqtosh maydonida geologik dala ekspedisiyasida bo‘ldilar. Bunda hududning geologik tuzilishi, qazib olish salohiyati va infratuzilmasi chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, bu yerda sochma kon uchastkalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

      Shuni ta'qidlash joiz-ki, 2025 yil 2 aprelda “E-auksion” platformasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan auksion savdosiga oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun chiqarilgan 21ta yangi oltin uchastkalaridan 4tasi Oqtosh maydoniga tegishlidir.     

   

 Kelgusida Oqtosh maydonida qazib olish jarayonlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!