Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida “Ixtirochilar va ratsionalizatorlar klubi” tashkil etildi


 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida jamiyatni modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish maqsadida “Ixtirochilar va ratsionalizatorlar klubi” tashkil etildi.

 Klubning asosiy maqsadi ixtirochilar, ratsionalizatorlarga sohalar rivojiga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarini olimlar va soha mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkillashtirish hamda yangilik va ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etishga amaliy yordam berish, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tejamkor, yangi innovatsion loyihalarning amalga oshishiga xizmat qilishdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!