Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi qabul kvotalariga e’lon!!


2024 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimining doktoranturasiga qabul qilish boʼyicha quyidagi ixtisosliklar boʼyicha kvotalar mavjud:

 

ixtisosliklar

doktorantura

tayanch doktorantura

stajer-tadqiqotchilar

1

04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya

1

3

2

2

05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi

-

2

-

3

04.00.14 –Foydali qazilmalarni boyitish

-

2

-

4

06.02.01 - Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Ipakchilik. Qorako‘lchilik

-

1

-

5

06.01.08 – O‘simlikshunoslik

-

1

1

6

02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

-

1

-

7

13.00.01 – Ta’lim nazariyasi va tarixi

-

1

-

8

04.00.10- Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish)

-

1

-

JAMI

1

12

3

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga hamda muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza-tezisga ega boʼlish;

- chet tili  darajalarini belgilovchi sertifikatni mavjudligi

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar - mutaxassislik  fanlardan imtihon topshiradilar:

Tayanch doktoranturada oʼqishga talabgorlar qabul komissiyasiga phd.mininnovation.uz onlayn platformasi orqali kerakli maʼlumotlarni toʼldirib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi raisi nomiga ariza;

- pasport nusxasi;

- qisqacha biografik maʼlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.

Hujjatlar 2023 yilning 15 oktyabrgacha qabul qilindi.

Maʼlumotlar uchun tel: (90) 730-00-77.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!