Ekologiya yo‘nalishida innovasiyalar haftaligi
2022 yil 20-24 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligida innovatsiyalar haftaligi” bo‘lib o‘tdi.
Unda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vakillari, jumladan FA Navoiy bo‘limi olimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro Innovasiya markazi va sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlarning xodimlari o‘z innovatsion g‘oya va ishlanmalari, innovatsion mahsulotlar bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan ishlanmalar ko‘rgazmasida Bo‘lim xodimlari Nurota tumanining lalmi yerlarida pavlovniya daraxtlari plantasiyasini yaratish, cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘chiligi pitomnigini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ishlatildadigan bioparchalanuvchi vermikulit idishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish kabi ishlanmalarini namoyish etdilar.
Tadbir davomida faol ishtirokchilar va tashkilotlarga, shu jumladan Navoiy bo‘limiga sertifikatlar va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Bundan tashqari 2022 yil – “Xalkaro shisha yili”ga bagishlangan “Kvars” AJ tomonidan tashkillashtirilgan 23 iyunda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ham Bo‘lim olimlari ishtirok etdilar.
Bunda “Kvars” AJ texnik direktori S.M.Tursunboyev bilan muzokaralarda korxonada urnatilgan Germaniya kompaniyasida ishlab chikarilgan boyitish uskunasida 2 tonna Vaush koni kvars qumini boyitish buyicha xamkorlikdagi tajriba-sinov ishlarini olib borishga kelishildi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.