Bo‘lim olmilari Bahorgi tijoratlashtirish forumida
2023 yilning 16-17 mart kunlarida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Bahorgi tijoratlashtirish forumi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z ishlanmalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida innovatsion mahsulotlarning ko‘rgazma va yarmarkalari tashkil etildi. Ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasini joriy etish maqsadida chet ellik mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, panel muhokamalar o‘tkazildi. Hudud va tarmoqlar muammolari yechimiga qaratilgan innovatsion, startap, tijoratlashtirish loyihalari taqdimotlari ham o‘tkazildi.
Navoiy bo‘limi tomonidan o‘g‘itlar va o‘simliklarning o‘sishini stimulyatorlari, korxonalarning sanoat suvlarini tozalash uchun sorbentlar, vermikulitdan tayyorlangan issiqlik izolyasiya materiallari namunalari va boshqa tadqiqotlar natijalari namoyish etildi.
Forum yakunda Bo‘lim olimlari faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.