Asosiy Qomusimiz bayrami


Asosiy Qomusimiz bayrami

Mana 31 yildirki, mamlakatimizda har yili 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida ushbu bayram munosabati bilan 2023 yilning 5 dekabrida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatni mustahkamlash, jamiyat ravnaqi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni qayd etildi. Unda Bo‘lim rahbariyati, ilmiy va texnik xodimlari, shuningdek, doktorant va stajyor-tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev kirish so‘zida Asosiy Qomusimiz xalqimizning xohish-irodasi va orzu-intilishlarini aks ettirishini, mamlakatimiz mustaqilligining hamda har bir fuqaroning huquq va erkinliklarining huquqiy asosi va kafolati ekanini ta'kidladi.

Bo‘limning yuristi Ixtiyor Karimov yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Umumxalq referendumida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish orqali qabul qilinganligi va bugungi kunda dadil qadamlar bilan hayotga tadbiq qilinayotganligi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!