7 oktyabr — Xalqaro paxta kuni
2019 yilning 7 oktyabr kunidan boshlab bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan Xalqaro paxta kuni nishonlanmoqda.
Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar paxtachilik sanoatini rivojlantirishga, sohadagi loyihalar, tadqiqotlar va ishlanmalarga hamkorlarning e'tiborini tortishga, paxtadan tayyorlanayotgan maxsulotlarni sifatini yaxshilashga hamda shu sohada ishlayotgan barcha tashkilotlarni qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Shu munosabat bilan Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020 yilning 7 oktyabr kuni bayramona tadbirlar – paxtachilik yo‘nalishida ko‘rgazma-yarmarka, paxtachilik ilmining taraqqiyoti dinamikasi yo‘nalishida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.
Tadbirda dala sharoitida sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tgan ishlanmalari bilan Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari ham ishtirok etdi. Ularning ichida - bentonit gillaridan foydalanib qobiqlangan chigit urug‘larini ishlab chiqarish va paxtachilikda joriy qilish, bentonitli suspenziya bilan g‘o‘zani bargidan oziqlantirish, “Elektrokimyozavod” QK AJ hamkorligida yaratilgan yangi innovasion preparatlar va boshqalar namoyish etildi.
Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiga Bo‘lim xodimlari ko‘rgazmada faol ishtiroki uchun Vazirlik tomonidan tashakkurnoma berildi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.