2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimining stajor-tadqiqotchilik institutiga, tayanch doktorantura va doktoranturasiga qabul to’g’risida EʻLON


2025 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimining stajor-tadqiqotchilik instituti va doktoranturasiga quyidagi ixtisosliklar boʻyicha hujjatlar qabul qilinadi:

 

Ixtisosliklar

Doktorantura

Tayanch doktorantura

Stajor-tadqiqotchilik

instituti

1

04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya

-

2

1

2

05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi

-

-

1

3

06.02.01 - Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik

-

1

-

4

06.01.08 – O‘simlikshunoslik

-

1

-

5

02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

-

1

-

6

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik talimotlar tarixi

-

1

1

JAMI

-

6

3

 Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim;

- oliy ta‘lim muassasasi magistraturasi diplomi, magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy maʻlumot toʻgʻrisidagi diplomga hamda muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan ikkita maʻruza-tezisga ega boʻlish;

- chet tili  darajalarini belgilovchi sertifikatning mavjudligi;

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar - mutaxassislik  fanlardan imtihon topshiradilar.

Tayanch doktoranturaga oʻqishga hamda stajor-tadqiqotchilikka talabgorlar qabul komissiyasiga daraja.ilmiy.uz onlayn platformasi orqali kerakli maʻlumotlarni toʻldirib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

                  - Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi raisi nomiga ariza;

- pasport nusxasi;

- qisqacha biografik maʻlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy taʻlim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.

Hujjatlar 2024 yilning 15 oktyabrigacha qabul qilinadi.

Maʻlumotlar uchun tel: (90) 730-00-77.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!