O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 10.11.2008 y. №-241 «Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida».
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) maqsadida 2009 - 2012 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) dasturi tasdiqlandi.