Ilmiy kengash
Ilmiy kengash kollegial organ bo‘lib, .Bo‘limning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini hal qilish uchun tashkil etiladi. Uning tarkibiga rais, raisning muovinlari, ilmiy kotib, Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zolari, (akademiklar), bo‘linmalarning rahbarlari va boshqa yetakchi olimlari, zarur bo‘lganda yordamchi bo‘linmalarning bosh mutaxassislari hamda kasaba uyushmasi tashkilotining vakili kiradi;
Ilmiy kengash tarkibiga boshqa tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.
Ilmiy kengashning shaxsiy tarkibi raisning tavsiyasi bilan bir yil muddatgacha (rais vakolatining muddati doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Bo‘lim raisi lavozimi bo‘yicha Ilmiy kengashning raisidir, u yo‘q vaqtda raisning muovini rais bo‘ladi; Bo‘lim ilmiy kotibi Ilmiy kengashning ilmiy kotibidir.
Ilmiy kengash:
tanlovlar mavzulari va mavzuiy rejalari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy tadqiqot, tajribaviy, sinash-konstruktorlik ishlari loyihalarini, ilmiy kadrlar tayyorlash prognozlarini, konferensiyalar kengashlar o‘tkazish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Bo‘limning hamma asosiy bo‘linmalari va butun Bo‘limning ilmiy va ilmiy–tashkilotchilik faoliyatining eng muhim natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Bo‘limning tarkibiy qismlaridagi o‘zgarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi;
muhim ilmiy muammolarni belgilaydi, ilmiy ma’ruzalarni tinglaydi, institutning o‘ta muhim ilmiy ishlari natijalariga baho beradi;
Bo‘lim xodimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish rejalarini ko‘rib chiqadi va nashrga tavsiya qiladi;
respublikaning boshqa ilmiy muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish rejalarining bajarilishini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi;
ilmiy kadrlarni tayyorlash rejalarini, doktorlik dissertatsiyalarini mavzularini, tadqiqotchilarni ish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
ilmiy tadqiqot bo‘limlari mudirlari va tanlov loyihalari, tadqiqot guruhlari rahbarlarining shuningdek, ayrim ilmiy xodimlarning hisobotini eshitadi;
ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;
buyuk ilmiy asarlar, ilmiy yangiliklar va ixtirolarni Davlat mukofotiga, shuningdek buyuk olimlar nomidagi medal va mukofotlarga tavsiya etadi;
Bo‘lim xodimlarini faxriy nishonlarga va boshqa mukofotlarga tavsiya etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga, sohalar bo‘yicha va boshqa Fanlar Akademiyalariga haqiqiy a’zolikka (akademiklikka) saylash uchun nomzodlar ko‘rsatadi;
Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar bilan chiqadi;
ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallashi uchun tanlovlar o‘tkazadi.
Ilmiy kengash, agar majlisda ro‘yxatdagi tarkibning uchdan ikki qismi ishtirok etsa, qaror qabul qilish huquqiga ega. Ilmiy kengashning qarori ishtirok etuvchilarning 50 va undan yuqori foizi ovoz bergan takdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masala mohiyati yashirin ovoz berishni talab qilmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilinadi;
Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorlari Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida qabul qilinadi, ilmiy laboratoriyalar (bo‘limlar) mudirlarining va ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun tanlov masalalari bo‘yicha qarorlari amaldagi Nizom asosida qabul qilinadi.
Ilmiy kengash qarorlari Bo‘lim raisi tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.