O‘zbek tili bayrami


1989 yilning 21 oktyabr' kuni mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Mazkur sana “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmokda. Joriy yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida ham barcha xodimlar ishtirokida “21-oktyabr - O‘zbek tili barami” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy bo‘limi raisi A.Mirzayev davra suhbatida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa'y-harakatlar alohida e'tirof etdi. Shuningdek tadbir davomida “Noruda va texnogen foydali qazilmalar bo‘limi” boshlig‘i L.Saidova so‘zga chiqib, tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma'naviy burchimiz ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilaridan “Mashinasozlik, asbobsozlik va avtomatlashtirish” bo‘limi kichik ilmiy xodimi M.Dustova o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz zarurligini ta'kidladi.

Tadbir davomida quyidagi fikrlar ham bildiriladi. Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!