Olimlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil


Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qarorining mazmuni va mohiyati muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasiga katta e’tibor qaratilayetganligi qayd etildi. Muhtaram yurtboshimizning tashabbusi bilan ilm-fan va ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarining oylik maoshi sezilarli darajada oshirildi. Bu esa, o‘z navbatida, ilmiy izlanishlar olib borilayotgan sohalarning yanada rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi. Yuqorida aytib o‘tilgan qaror olimlarga o‘z ustida doimiy ravishda ishlashlari hamda yangi ilmiy izlanishlarda faol bo‘lishlarida qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tadbirda Bo‘lim xodimlari va doktorantlariga ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Sciyence) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun esa lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etilganligi haqida axborot berildi. Qarorda oylik yoki bir martalik qo‘shimcha haq tegishli mezonlarning bajarilishini baholash natijalari asosida hamda tarkibiy bo‘linma rahbarining taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi – Bo‘lim Ilmiy kengashi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanishi va qo‘shimcha oylik to‘lovini belgilashning eng ko‘p muddati bir yildan oshmasligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari ilmiy maqolalarni chop etilishi, ayniqsa Scopus va Web of Sciyence platformalarini ishlatilishi to‘g‘risida tegishli amaliy va uslubiy tavsiyalar oldilar va o‘zaro fikr almashdilar.

Fevzi ISTABLAYEV,

Bo‘limning matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!